SENADEKSIN tabletkasi

DO`STLARGA ULASHING:

Senadeksin tabletka

#Сенадексин таблетка

?DORI SHAKLI : ?

Tabletkalar.

?TARKIBI ?

Xar bir tabletka saqlaydi: ⤵⤵

▶Faol modda: 20% kalsiy sennoizidlari – 70 mg.

?TA’SIRIGA KO’RA ?

Surgi vositasi. Ichni yumshatuvchi. Qabziyatda qabul qilinadi.

?PREPARATNI TA’SIR QILISH MEXANIZMI ?

Preparatni ichilgandan 8-10 soatdan keyin ich keltiruvchi taʼsir koʻrsatadi. Preparatni bu xususiyati, yoʻgʻon ichak retseptorlariga taʼsiri natijasida ichak peristaltikasini kuchaytirishi bilan belgilanadi. Chambarak ichakka tanlab taʼsir koʻrsatadi, ichakni meʼyoriy faoliyatini tiklaydi, preparatga oʻrganib qolish holatlari uchramaydi va ovqatni hazm qilishga taʼsir koʻrsatmaydi.

Preparatni taʼsir etuvchi moddalari qisman ingichka ichakda soʻriladi va yoʻgʻon ichakda ajralib chiqadi, bir qismi esa bakteriyalar taʼsiri natijasida aynan yoʻgʻon ichakda ajralib chiqadi. Organizmdan siydik va ahlat bilan chiqib ketadi.

?QO’LLANILISHI ?

Senadeksin turli etiologiyali spastik va atonik qabziyatlarda, shu jumladan yoʻgʻon ichak peristaltikasini susayishiga va gipotoniyasiga qoʻllaniladi. Ich kelishini tartibga solish maqsadida gemorroyda, proktitda va orqa teshik yoriqlari kasalliklarida tavsiya etiladi.

?QO’LLASH USULI VA DOZASI ?

Senadeksin ichga kechki ovqatdan keyin odatda 1 tabletkadan ichiladi. Taʼsiri sezilmasa bir necha kundan soʻng bir martalik dozasini 2-3 tabletkagacha oshirish mumkin.

?NOJO’YA TA’SIRI ?

Preparat qabul qilingandan soʻng meteorizm, qorinda sanchiqsimon ogʻriq va ich surish holatlari kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda dozasini kamaytirish yoki davolashni toʻxtatish lozim boʻladi. Uzoq vaqt qoʻllanganda, ayniqsa katta dozalarda, elektrolitlarni yoʻqolishi asosan, kaliy, albuminuriya, gematuriya, ichak shilliq qavatida melaninni toʻplanishi va muskullararo bogʻlanishlarni buzilishi holatlari kuzatilishi mumkin.

 

❌QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR ?

Spastik kolitda, koʻrichakda, ichakni bekilib qolishida, sababi noaniq qorindagi ogʻriqlarda, suv va elektrolit almashinuvi buzilishida, jaroxatlangan churra, qorin boʻshligʻi aʼzolarini oʻtkir yalligʻlanish kasalliklarida, peritonitda, meʼda-ichak yoʻlidan va bachadondan qon ketishi holatlarida, sistitda, qoʻllanilmaydi.

?DORILARNING O’ZARO TA’SIRI ?

Senadeksinning katta dozalarini uzoq vaqt qabul qilish yurak glikozidlari taʼsirini kuchaytiradi va gipokaliyemiya rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlgan antiaritmik preparatlarga taʼsir qiladi.

Tiazid diuretiklar, glyukokortikoidlar, qizil miya ildizi preparatlari bilan birga qabul qilganda gipokaliyemiya xavfi oshadi. Tetratsiklin qatoridagi antibiotiklar absorbsiyasi buziladi.

 

?ADMIN MASLAHATI ?

▶Jigar va buyrak kasalliklarida, homiladorlikda va emizikli davrida ehtiyotkorlik bilan tavsiya etiladi. Baʼzan senadeksin qabul qilinganda siydikni rangi oʻzgarishi mumkin, buni klinik ahamiyati yoʻq ( Xavfsiz xolat , xavotirga o’rin yo’q ).

▶Homiladorlikda senadeksin preparatini qabul qilgandagi xavfsizligi isbotlanmagan. Qorinda ogʻriq, diareya, ichaklar spazmini rivojlanish xavfi boʻlgani uchun buyurish tavsiya etilmaydi.

❌Homiladorlik davrida qabul qilish mumkin emas .

?NARXI — 10 donasi 1500 so’m.

@FARMAKOLOGIYA_TTA

@KANAL_MUNDARIJASI

,,ТАБЛЕТКА » kanali

 

5 комментариев к “SENADEKSIN tabletkasi”

Оставьте комментарий