Shokoladning foydali turlari

DO`STLARGA ULASHING:

Shokoladning foydali turlari

Shokoladni 4 turga bo‘lish mumkin: achchiq, qora, sutli va oq.
Eng foydalisi achchiq (70% dan ortiq kakao) va qora shokolad (50—70% kakao). Ularda ko‘plab vitaminlar (A, V, D, E, F, PP) va minerallar (kaliy, magniy, fosfor, kalsiy, sink, temir) mavjud.

Achchiq va qora shokolad kamqonlikka qarshi kurashadi, asab tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, oshqozon yarasi rivojlanishini oldini oladi va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 20% ga kamaytiradi.

Ushbu mahsulotni kuniga 50 g dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda iste’mol qilish maqsadga muvofiq. Sutli va oq shokolad tarkibidagi shakar miqdori va turli qo‘shimchalar tufayli sog‘lom yeguliklar ro‘yxatida yo‘q.

@taomlanish_ilmi

Оставьте комментарий