Sigareta chekish zararlari — tamakining organizmga ta’siri, kashandalik oqibatlari

DO`STLARGA ULASHING:

Sigareta chekish zararlari — tamakining organizmga ta’siri, kashandalik oqibatlari

Chekuvchilar hech bo’lmaganda bir marta chekish organizmga qay darajada zarar yetkazishi haqida o’ylab ko’rishganmikan? Chekish kishining nafaqat o’zi, balki atrofdagilariga ham ziyon keltiradi. Tamaki tutunini ichga tortib, u o’z salomatligi, immuniteti va nafas olish va yurak-tomir tizimiga shikast yetkazadi.

Sigaretaning inson organizmiga zararlari

Bir tomchi nikotin otni o’ldirishini hatto bolalar ham biladi. Biroq, bu dalil chekuvchilarda alohida taassurot uyg’otmaydi: ular o’zlarini bir vaqtning o’zida buncha sigareta chekib bo’lmaydi degan gap bilan ovutishadi. Biroq, tamaki tutunining zarari nikotinning o’zigina bilan bog’liq emas, u faqat qaramlik chaqiradi, chekishning vayronkor ta’siri boshqa omillar bilan ham ifodalanadi.

Sigareta tutuni bilan birgalikda chekuvchi quyidagi moddalarni ham yutadi:

Margimush. Bu zahar yurak muammolariga sabab bo’ladi, saratonni keltirib chiqaradi va tanadan chiqib ketishi juda qiyin.

Formaldegid. Ushbu zaharli kimyoviy birikma birinchi navbatda, nafas olish tizimiga salbiy ta’sir qiladi.

Poloniy. Ushbu element radioaktiv xususiyatlarga ega. «Tajribali» chekuvchilarning 40 foizi muntazam ravishda poloniy zarrachalarini yutadi.

Benzol. Ushbu organik modda leykoz va boshqa onkologik kasalliklarning birinchi sababchisidir.

Smola. Sigareta tutunidagi smola o’pkada cho’kma sifatida qolib ketadi. Vaqt o’tishi bilan u tobora ko’payib, bronxlarni toraytiradi, o’pkaning hajmini kamaytiradi va oqibatda organizmga kislorod kirishini yomonlashtiradi.

Bu moddalar — tamaki tutunining bir qismi bo’lgan yagona zaharlar emas. Sigaretalarning standart kimyoviy tekshiruvi tasdiqlaganidek, har bir tortish ko’plab zaharli moddalardan iborat aralashmani yutish demakdir, ularning tarkibida jumladan:

Zaharli gazlar va bug’lar: metanol, ammiak, butan, metan, vodorod sulfidi, is gazi;

Organik birikmalar: sinil kislota, aseton, fenol, karbazol, indol;

Og’ir metallar: qo’rg’oshin, radiy, kadmiy, seziy, alyuminiy, surma.

Ushbu tarkibiy qismlardan hech biri xavfsiz emas — ularning har biri organizmga u yoki bu tarzda shikast yetkazadi, immunitetni zaiflashtiradi, o’pkalarning faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi, qon oqimiga kirib, yurak, miya va boshqa organlar ishini buzadi, hujayra mutatsiyasiga olib keladi va onkologiya sabab bo’ladi.

@andrology_uz 🚑

Оставьте комментарий