Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi?

DO`STLARGA ULASHING:

📱💻 Smartfon va noutbukni noto‘g‘ri quvvatlayapsiz, buni bilasizmi? 🔋🔌
Batareya quvvatisiz kuchli noutbuk yoki smartfonimiz shunchaki bir uyum temir-tersakka aylanib qoladi. “Quvvat toshi”ning ham xizmat qilish muddati chegaralangan bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan ular quvvatdan tez qoladigan, quvvat olish uchun ko‘proq vaqtni talab qiladigan bo‘lib qoladi.
Akkumulyatorning xizmat ko‘rsatish vaqtini imkon qadar uzaytirish uchun qurilmadan o‘rinli foydalanish hamda uni to‘g‘ri quvvatlash kerak bo‘ladi. Aniqrog‘i qurilmani to‘g‘ri quvvatlash hamda akkumulyatorga qaratilgan e’tibor. Quyida bu haqida batafsil ma’lumot beramiz.
Litiy-ionli batareyalar to‘g‘risida nima bilasiz?
Zamonaviy smartfon, planshet, noutbuk va boshqa gadjetlarga o‘rnatiladigan akkumulyatorlar litiy-ionli texnologiya asosida ishlab chiqariladi. Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, ularda ionli litiy kimyoviy elementidan foydalaniladi.
Akkumulyator quvvat olganida zaryadlangan musbat ionli litiy elementi katod deb nomlangan elektroddan anod nomli boshqa elektrodga batareya elementidagi elektrolit eritmasi orqali o‘tadi. Bu esa zid tarzda elektronlarni anodga jam bo‘lishini ta’minlaydi. Akkumulyator quvvat olayotganida bu holatning teskarisi sodir bo‘ladi. Elektronlar esa akkumulyator ulangan qurilma faoliyati uchun zarur elektr quvvatiga aylanadi.
So‘nggi yillarda olimlar litiy-ionli batareyalarning uzog‘roq xizmat ko‘rsatishini, tezroq quvvat olishi hamda samarali ishlashini ta’minlash uchun zarur yangi kimyoviy eritma formulasini topishga urinib kelishmoqda. Shunga qaramasdan, litiy-ionli batareyalarning imkoniyatlari hozircha chegaralangan.
Akkumulyator tarkibidagi anod hamda katod elementlari o‘rtasidagi kimyoviy reaksiya uning sozligi uchun ayni muddao. Xususan, undagi izolyatsion atomlarning yupqa qatlami elektrodlarning samarali ishlashiga xizmat qiladi. Aksariyat akkumulyatorlar 2 yoki 3 yil xizmat qiladi. Shuning uchun devays eskirgani sayin uning bir martalik quvvat bilan ishlash vaqti kamayib ketadi. Bu esa «quvvat toshi»ni almashtirish kerak degani.
Quvvat va quvvatlash
Xo‘sh, litiy-ionli batareya uzog‘roq ishlashi uchun nima qilish kerak? Ehtimol, yangi qurilma (smartfon, noutbuk) xarid qilganda uni avval quvvatga to‘ldirib, so‘ng bu quvvatni oxirigacha ishlatish kerakligi haqida. Biroq bugungi akkumulyatorlar uchun bunday qoidaning keragi yo‘q. Eng muhimi, telefon yoki noutbukdan foydalanish chog‘ida uni qanday quvvatlash bilan bog‘liq odatlaringiz.
Muhim qoida!
Akkumulyator quvvatini oxirigacha to‘ldirib, so‘ng uni oxirigacha quvvatsizlantirish yaramaydi. Akkumulyatorni tez-tez quvvatlab turish kerak. Sababi bunday holatda akkumulyator zo‘riqmasdan ishlaydi. Akkumulyator quvvati tugay deganida uni 50 foizgacha to‘ldirish kerak. Shu bilan birga, har doim ham quvvatni 100 foizga to‘ldirmang.
Agar akkumulyator quvvatga hadeb 100 foizga to‘ldiriladigan bo‘lsa, unda gadjetni o‘chirib qo‘yishga odatlaning. Bu xavfsizlik uchun emas: litiy-ionli akkumulyatorlar yonib ketadigan bo‘lsa, maxsus sirt vaziyatning jiddiy tus olishiga yo‘l qo‘ymaydi. Biroq quvvatni hadeb 100 foizga to‘ldirishning boshqa bir muammosi bor — bu orqali akkumulyator keragidan tez ishdan chiqadi. Ya’ni, davriy hayoti shuncha tez tugaydi.
Tez-tez quvvatlab, akkumulyator quvvatini tez tugatish orqali uning xizmat ko‘rsatish vaqtini uzaytirishning ham qoidasi bor. Oyida bir marta batareya quvvatini 5 foizgacha tushirib ishlating. Bunday mexanizm noutbuk yoki smartfonga uning uzoq ishlashiga xizmat qiladi. Samsung esa akkumulyator quvvatini 20 foizdan tushirmaslikni maslahat beradi.
Umumiy tavsiyalar
Unutmaslik kerakki, litiy-ionli batareyalar ekstremal haroratni xush ko‘rmaydi. Shu bois ham telefon yoki noutbukni isib ketgan avtomobil yoki juda sovuq xonada qoldirmaclik kerak. Bu holat ham akkumulyatorning tez ishdan chiqishiga olib keladi.
Shuningdek, quvvatlash vaqtida ham smartfonning haddan tashqari qizib ketishiga ko‘z-quloq bo‘lish zarur. Bunday vaziyatda xizmat ko‘rsatish markazi ekspertlari bilan maslahatlashing.
Shu bilan birga, ekspertlar qurilmani ishlab chiqaruvchining o‘ziga tegishli maxsus vosita bilan quvvatlashni maslahat berishadi. Bu esa quvvatlash vaqtida tok o‘tkazishi turlicha bo‘lgan vositalardan akkumulyatorni himoya qilish uchun ayni muddao.
Agar siz noutbuk yoki smartfonni uzoq vaqt mobaynida asrab qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, siz gadjet quvvatini 50 foizga to‘ldirib qo‘yishingiz kerak. Apple hamda boshqa ishlab chiqaruvchilar shunday maslahat berishadi. Shu bilan birga, devaysni harorat o‘rtacha muhitda saqlang.
Har bir devaysning qo‘llanmasida uni quvvatlash bo‘yicha ham tavsiyalar bo‘ladi. Shuning uchun, qo‘llanmani diqqat bilan o‘qing. Bularga amal qilsangiz, sizning telefon yoki noutbukingizdagi akkumulyator keragicha ishlab beradi.
📝 Shuhrat Sattorov @terabaytuz

Оставьте комментарий

ArabicEnglishFrenchGermanKazakhKyrgyzRussianTajikTurkishUzbek