Smartfonni qanday to‘g‘ri zaryadlash kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

Smartfonni qanday to‘g‘ri zaryadlash kerak?
Odatta smartfonimizni qanday zaryadlaymiz: kimdir 100% gacha, kimdir faqat 80% gacha, yana boshqa birov esa kun davomida oz-ozdan. Lekin qaysi usul to‘g‘ri va smartfon batareyasi umriga kamroq salbiy ta’sir ko‘rsatadi?
Noxush faktlar
1. Agar hozir smartfoningizni zaryadlayotgan bo‘lsangiz, asta-sekin uning batareyasi umrini tugatyapsiz.
2. Agar hozir smartfoningizni zaryadlamayotgan, lekin undan foydalanayotgan bo‘lsangiz, baribir ham batareyasi umrini asta-sekin tugatyapsiz.
3. Smartfoningizdan foydalanmasdan, uni o‘chirib qo‘ygan bo‘lsangiz ham batareyasi umrini asta-sekin tugatyapsiz.
«Umri tugayotgan» smartfon batareyasini qanday aniqlash mumkin?
Zamonaviy batareyalar mukammal emas, har bir zaryad-razryad sikli muqarrar ravishda batareyaning ichidagi o‘zgarishlarga va vaqt o‘tishi bilan batareya quvvati pasayishi va uning ishdan chiqishiga olib keladi.
Masalan, zamonaviy smartfonlardagi batareyalar 500 ta to‘liq zaryad/razryaddan keyin o‘rtacha 20% quvvatini yo‘qotadi, bu taxminan 1,5-2 yil ish vaqtini tashkil etadi.
Lekin batareya umri tugashi tezligiga ta’sir qiladigan ish sikllari sonini 500 dan 1000 gacha yoki undan ham ko‘paytirish mumkin.
Smartfonni qanday to‘g‘ri zaryadlash kerak?
— 0 dan 100% gacha — eng yaxshi variant emas. Batareya to‘liq to‘ldirilganda uning ishdan chiqishi tezlashadi va qizib ketish xavfi ortadi. Bularning barchasi batareyaning ishlash muddatini qisqartiradi. Shuning uchun elektromobillar har doim faqat 80% gacha zaryadlanadi. Bu keyinchalik batareya xizmat muddatini uzaytiradi.
Shu sabab, smartfonlarni zaryadlash uchun ko‘pchilik foydalanadigan usul: 0 dan 100% gacha zaryadlash —eng maqbuli emas.
— 20 dan 80% gacha
20 dan 80% gacha bo‘lgan zaryadlash, 0 dan 100% gacha usuliga qaraganda ancha maqbul hisoblanadi. Ushbu ish rejimi batareya umriga kamroq salbiy ta’sir ko‘rsatadi va ko‘pchilikka ma’qul kelishi mumkin.
Agarda batareyaning 80% zaryadi sizga kun davomida yetarli bo‘lsa, ushbu rejimdan foydalanishingiz mumkin. Zaryadlashni kuzatishda Accu Battery (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.digibites.accubattery) kabi ilovalar yordam beradi. Biroq, bu usul ham eng yaxshisi emas.
— Oz-ozdan
Agarda batareyaning umrini ko‘proqqa uzaytirmoqchi bo‘lsangiz, uni har doim 50-70% quvvat bilan kun davomida oz-ozdan zaryadlang. Ushbu usul uchun simsiz zaryadlash (https://t.me/gsmgurus_FAQ/921) moslamalari juda mos keladi va bu qulay ham. Lekin zamonaviy simsiz zaryadlash standarti samaradorligi atigi 60% ni tashkil qiladi, qolgan energiya issiqlikka ketadi.
• Batafsil ma’lumot ushbu maqolada (https://droider.ru/post/kak-pravilno-zaryazhat-smartfon-razbor-28-03-2021/)(rus tilida)
• Afsona va haqiqat: smartfon yoki planshet batareyasini qanday qilib to‘g‘ri zaryad qilish kerak
(https://t.me/gsmgurus_FAQ/591)• Smartfonni to‘g‘ri zaryadlash va batareyasiga oid qo‘shimcha ma’lumotlar
Smartfonlar uchun ta’mirlash, batareya almashtirish va dasturiy xizmatlar:  (Manzil: Toshkent shahri, «Malika» bozori)

Оставьте комментарий