So’ngi qo’ng’iroq Ssenariylar

DO`STLARGA ULASHING:

2017-yil 25-may kuni o’tkaziladigan » So’nggi qo’ng’iroq » tadbiri ssenariysi

Vosilxo’ja : Assalom azizlar , muhtaram zotlar,

Tashrif uchun rahmat diydor g’animat

Bu damlar g’animat , umr g’animat

So’zimiz boshlashga etingiz ruxsat

Elshod : Assalomu alaykum , mehridaryo ustozlar , mehribon murabbiylar, hurmatli ishchi aka-opalar

Vosilxo’ja : Assalomu alaykum , bugungi «So’nggi qo’ng’iroq ” tadbiriga tashrif buyurgan aziz ota-onalar , qadrli maktabdosh do’stlar

So'ngi qo'ng'iroq Ssenariylar
So’ngi qo’ng’iroq Ssenariylar
Elshod : Qo’limdan kelgancha aylab ta’rifin

Bitiruvchilarimizning qilib hurmatin

Taklif etmoqlikka berasiz ruxsat

Qarsak urib turing maktabdoshlarim

Vosilxo’ja : Bugungi so’nggi qo’ng’iroq tantanasining asosiy sababchilari 9-sinf bitiruvchi o’quvchilarini kutib olaylik.

( MUSIQA SADOLARI OSTIDA BITIRUVCHILAR KIRIB KELISHADI )

SO’NGI QO’NG’IROQ!

1-boshlovchi : Assalom, ey ahli donishlar salom

Mehri ummon qalbi quyoshlar salom

Qo’llar ko’ksimizda dermiz xush kalom

Aziz ustozlarim salom assalom

2-boshlovchi : Ey olloh nazari tushgan ustozlar

E’tiqod bulog’i toshgan ustozlar

Dillarda ehtirom tillarda kalom

Deymiz biz sizlarga, salom assalom

1-boshlovchi : Assalomu alaykum ,aziz ustozlar, qadrli mehmonlar, maktabdoshlar.

Bugun biz bitiruvchilar uchun eng hayajonli hamda quvonchli kun .

2- boshlovchi : Tuprog’ingda daholar xoki

Ul sohibi dunyolar xoki

Bobolarki, ulug’ chinordek

Momolarki, Qutlug’ Nigordek

Chinorlarki, beshiklar bo’lgan

Kelajakka eshiklar bo’lgan

Sen onasan muqaddas Vatan

Yagonasan muqaddas Vatan

Xazinamsan, taxtim o’zingsan

Qiyosi yo’q baxtim o’zingsan

Yer yuzining jannati sensan

Yaratganning san’ati sensan

Jannatbog’im hazrattog’imsan

Mehrobimsan, sajdagohimsan

Sen onasan, muqaddas Vatan

Yagonasan, muqaddas Vatan

Manglaydagi Durri Akbarim

Ne ko’zlarni olgan gavharim

Qora niyat, g’araz so’zlardan

Asragaymiz yomon ko’zlardan

Ko’ksim ichra yuragim tumor

Bu tumorda qutlug’ noming bor

Sen onasan muqaddas Vatan

Yagonasan muqaddas Vatan

1-boshlovchi : Biz O’zbekiston deb atalmish jannatmakon yurt farzandi ekanligimizdan faxrlanamiz. Tantanali onlarimizda yangraydigan madhiyamiz bizning g’urur va iftixorimizdir.

Madhiya ijro etiladi.

1-boshlovchi : Bugungi so’nggi qo’ng’iroq tantanasini ochib berish uchun so’z navbatini maktab-internatimiz direktori , muhtaram ustozimiz I. O. Qodirovga beramiz. Marhamat ustoz.

2-boshlovchi :Biz ulug’ O’zbekistonning navqiron avlodlarimiz. Bizning bu hayotda orzularimiz , ko’zlagan maqsadimiz qiladigan ishlarimiz juda ko’p, lekin eng buyuk , eng muqaddas vazifamiz xalqimiz istiqbolini ko’z qorachig’day asrash, uning xafsizligini ta’minlashdir.

Vatan haqida she`rlar:

1. Bugun bizlar barkamol avlod

Shu vatanning suyanch, ardog`i

Azim chinor bo`lsa gar Vatan

Bizlar uning ko`rki, yaprog`i

2. Mag`rur dilda muqaddas maqsad

Shu vatanning koriga yarash

Va shuuriga bosilgan farah

Tiniq fitrat, keng dunyoqarash

3. Biz hech kimdan kam bo`lmaymiz

Kam bo`lmaymiz, illo hech qachon

Biz birdammiz, sofid qadammiz

Ortimizda Vatan jonajon

Hamma

Biz barkamol, o`ktam avlodmiz

Kelajagi buyuk davlatmiz

1-boshlovchi : Bugun yuragimizda hayajon, quvonch qarshingizda turar ekanmiz dono bobo – buvilarimizning «Umr oqar daryo” degan hikmatlarini yana bir bor esga olmoqdamiz

2-boshlovchi :. Ha keksalarning har bir so`zi hikmat, hayot yo`llarimizda mayoq. Prezidentimizning 2015 – yilni «Keksalarni e`zozlash” yili deb nomlashlari ham bejiz emas.

1-boshlovchi : Keksalarning davrlar sinovidan o`tgan so`zlari purhikmat maqollarga aylanib ketgani hech kimga sir emas

2-boshlovchi :.”Ustoz otangdek ulug`” deydilar. Hayotda yaxshi ustozdan ta`lim olishning o`zi baxt-omad.

Ustoz haqida she`rlar

Ko`ngling zilol suvdek oqib ketadi

Tanangga havolar yoqib ketadi

Quyosh ham havasla, boqib ketadi

Yo`lingda muallim – ustoz uchrasa

Ezgu — orzularla ko`nglingni sof tut

Qayerda bo`lsang ham yaxshilarni kut

Ustozga ta’zim qil, g`amlarni unut

Yo`lingda muallim- ustoz uchrasa

Aytsang me`zon bilmas, ustoz ta`rifi

Sha`n – u maqtoviga topilmas kalom

Ma`rifat quyoshi nur sochgan yurtda

Ulug` ustozlarga ulug` ehtirom

Ustoz saboq bergan dars xonalarda

Vatan kelajagi bo`lmoqda bunyod

Ilm ziyosida, yurak qaridan Voyaga yetmoqda barkamol avlod

B. Bizning omadimiz, baxtimiz ana shunday bilimdon ustozlar jam bo`lgan viloyat miqyosida tanilgan 5- viloyat ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktab-internatida tahsil oldik.

Maktab haqida she`r

Iqtidorli yoshlarga boy

Sen misoli quyoshi oy

Yuragimdan olding-ku joy

Hayotimga bo’lding chiroy

Maktabjonim faxrimsan

Biz yoshlarning baxtimizsan.

Olloh bergan hur istiqlol

Mustaqillik baxtu iqbol

Farzandlaring topar kamol

Yashnab ochgin ko’rkam jamol

Maktabjonim faxrimizsan

Biz yoshlarning baxtimizsan.

Ustozlarning madhi bitmas

Maktabga ko’p qilgan havas

Yo’llaringga tushmasin xas

Qasd qilganlar bo’lsinlar past

Maktabjonim faxrimizsan

Biz yoshlarning baxtimizsan.

Maktab haqida qo’shiq ( Eng gullagan )

Men sizni quyoshga qilaman qiyos

Muhtaram ustoz!

Quyoshday mehr bor nigohingizda

Yo’q, yo’q, beqiyos!

Ustoz ta’rifini aytmoq uchun

Til ojiz, so’z yetmas.

Minnatdor shogirdlaringizning

Dil izhorlari siz uchun.

1. Bahorning eng go’zal gullari sizga

Quyoshning eng yorug’ nurlari sizga

Umrning eng baxtli yillari sizga

Biz uchun doimo azizsiz, ustoz!

2. Mehr-la so’zlagan so’zingiz go’zal

Quvonchi porlagan yuzingiz go’zal

Bizga bilim bergan o’zingiz go’zal

Biz uchun doimo azizsiz, ustoz!

1. Hayot maktabida berdingiz saboq

Ammo yo’llar uzun, manzillar yiroq

Ketsak-da, qalbimiz ketmagay yiroq

Biz uchun doimo azizsiz, ustoz!

2. Mo’tabar nomingiz tillarda doston

Qo’shiq. ( ________________ )

Ustozlarga she’r

Qirq besh daqiqa qadrin kim bilar

Sochining oqi-yu, ajinlar ular

Bolalar qalbiga tushar tuyg’ular

Maktabimning dono muallimlari

Shodliklar ko’p ularning sanog’i yo’qdir

Siz bergan mehrning adog’i yo’qdir

Siz kabi ilmning fidoyi yo’qdir

Maktabimning dono muallimlari

Siz ekkan nihollar ushbu kun daraxt

Biri meva berar birisi salqin

Sizga boqib turib kelar havasim

Mehringiz quyoshi xuddi bir oftob

Shogirdlar niholu bog’bon muallim

Mehri mo’jizaviy ummon muallim

Madhini kuylasam bo’lmagay ado

Ta’rifi tuganmas doston muallim

Ey aziz muallim,tarifingizni

Ta’riflash bizlarga kechmaydi oson

Birgina so’z aytay sizga mos qilib

Sizdirsiz dunyoda eng aziz inson

Murg’ak dilimizni siz yoritdingiz

Oq-qora ranglarni siz tanitdingiz

Dunyoning borligin, ham go’zalligin

Boshimiz silabon siz o’rgatdingiz

So’zlasam titrardi sizning labingiz

Qo’shiq kuylasam jo’r ovozingiz

O’yingoh bag’rida men jovlon ursam

Olqishlab zafarga siz chorladingiz

Sizdayin insonlar mingtadan bitta

Chiqsa chiqadiki la’l kabi kamyob

Ustozlar doimo bo’ling salomat

Mehringiz buloqday toshsin toabad.

Onamdek ulashib bor mehringizni

Yil davomida berdingiz ta’lim

Nurlari edik biz shu ko’zingizni

Sizdan minnatdormiz aziz muallim

Sinfga bosh bo’lib bo’ldingiz ona

Sershovqin maktabim mo’jaz darsxona

Ustozlar ichra siz tanho yagona

Sizdan minnatdormiz aziz muallim

Bazan sho’xlik qilib o’ynaganmiz rost

Bazida jahlingiz chiqardik biroz

Ushbu dam sizgadir qalbdagi e’zoz

Sizdan minnatdormiz aziz muallim

Bolalik yillar ham o’tdi shosha

Maktabdir biz uchun qadrdon go’sha

Hatto biz o’zgardik siz o’sha-o’sha

Sizdan minnatdormiz aziz muallim

Dunyo sizlar bilan oboddur bu kun

Boshimiz tekkuncha qilamiz ta’zim

Shogird kalomi sizgadir bu kun

Sizdan minnatdormiz aziz muallim.

Sahna ko’rinish.

Besh yil o’qidik biz birga hamnafas

Tanaffus bo’lishin ko’p kutdik biroq

Bugunchi maktabdan hech ketgim kelmas

Chalinmay turoqol so’nggi qo’ng’iroq

Eng yaqin do’stlarim ,sinfdoshlarim

Partaga bosh qo’yib ko’z yoshi munchoq

Yashirgim kelmaydi men ham yoshlarim

Chalinmay turaqol so’nggi qo’ng’iroq

Nelar kutmoqdadir bizlarni hali

Muhabbat sevinchmi baxtmi yo so’roq

Nahotki yetda tark eymoq mahali

Chalinmay turaqol so’nggi qo’ng’iroq

Besh yil umr shoshib o’tibdi

O’tgan umr yo’llaringdir oq

Bilolmadim qayon ketibdi

Jarnglayver song’gi qo’ng’iroq

Seni qo’llab bugun talashsin

Tortqilashsin va erkalashsin

Urushganlar mangu yarashsin

Jaranglayver so’nggi qo’ng’iroq

Bahor o’tib yetishdi yozlar

Yaxshi orom aqlni ko’zlar

Ustozlarimizning ko’zlari hamisha sevinchdan porlab tursin. Biz, shogirdlar sizlarni hamisha ko’zimiz qarog’ida, qalbimiz ardog’ida saqlaymiz.

Rahmat sizga aziz ustozlar

Jaranglayver so’nggi qo’ng’iroq

Qo’shiq (Ey cholg’uchi)

O’quvchilarning orzulari haqidagi she’rlar

1-boshlovchi : Aziz ustozlar ,sizlar biz uchun eng qadrdon, eng aziz insonsiz. Shuning uchun yuragimiz qo’ridagi e’zgu orzularimiz haqida sizga aytgimiz keldi.

1. Bayramimiz ko’p bo’lar

Ustozlar, bo’lsam katta

Muhandis yoki olim

Men bo’laman albatta.

2. Kiyim-bosh ham ko’p bo’lar,

Sanab bo’lmaydi hatto

Sizga homiy, zo’r bankir

Men bo’laman albatta.

Maktablar soz, zo’r bo’lar

Kompyuter, silliq parta

Ustoz, katta tadbirkor

Men bo’laman albatta.

Ustoz, bo’lsam savdogar

Qo’lim bo’lmaydi kalta

To’yingizda bosh-u qosh

Men bo’laman albatta.

Opajonlar dam oling

Qo’lda paxta termoq or

Mashinalar yaratib

Bo’lay olim ijodkor

Ko’p urunmang, dadajon

Serob bo’lar osh-u non

Kelajakda albatta

Bo’laman zo’r agronom

Uztozlar, hormang tolmang

Hozir muhimdir ta’lim

Ko’rasiz, oliygohda

Men bo’laman muallim.

Hech o’ksimang onajon

Bir kun bo’lasiz qoyil

Bo’lsam Vatan ishida

Mirzo Boburdek shoir

Oq yo’l tilang azizlar

Ilm olib to’laman

Ilyosjon Qodirovdek

Eng zo’r rahbar bo’laman

Informatika fanin

Sirlarini o’rgandik,

Biz maktabni ikkinchi

Uyimiz deb bilgandik.

Kelajakda yangicha

Dasturlarni tuzaman

SHuhratjon ustoz, uzr

Hali sizdan o’zaman.

Nozimjon ustoz bergan

Bilimlarin oqlayman

Asqarjon sudya bo’lib

Haqiqatni yoqlayman.

Jurnalist bo’lish asli

Jasoratli bo’lmoqlik

Vatan yurt ravnaqini

Keng olamga yoymoqlik

Ustozlarning madhida

Maqolalar yozaman

Azizxon Ho’jayev deb

Unga imzo qo’yaman.

Hisob kitob ilmini

O’rgandim shu maktabda

Ustozlar Agrobankda

Elbek kutar albatta.

Chet ellarda sayyohlar

Kelsa kutib olaman

Qo’qonda besh yulduzli

Grand hotel quraman.

London, Parij, Vashington

Qolar bir kun hayratda

Omon bo’lsa Tokio

Men boraman albatta

Chet ellarda o’qiymiz

Duo qiling, domlajon

Gulla yashna hur diyor

Vatanim O’zbekiston

Aylang duo, ustozlar

Yashaylik yarataylik

O’zbekiston shuhratin

Dunyoga tarataylik.

(9-«A”sinf sahna ko’rinishi)

( Ustozlar ta’rifida she’rlar )

Ota-onalarga so’z beriladi.

Maktab bayrog’i va kaliti topshiriladi

Qo’shiq (________________)

Nominatsiyalar beriladi:

Eng tirishqoq

Eng mas’uliyatli

Eng ijodkor

Eng mehnatkash

Eng tartibli

Eng uyquchi

Eng ko’p dars qoldirgan

Eng beg’am

Eng bahonachi

Eng baqiroq

Sinf rahbarlariga so’z

Sinf rahbarlariga she’r

Qo’shiq(ey sinfdosh)

Oquvchilar davradan chiqib ketadilar

Direktor tomonidan taqdirlash

Sahna ko’rinishi

Bitiruvchilar kirib keladi

«Xayr maktabim «qo’shig’i

Songgi qo’ng’iroq haqidagi she’rlar:

Bitiruvchilar tantanali va’da beradilar:

Maktabimizning o’ziga xos an’ana, udumi bor. Hozir ustozlar ota-onalar oldilarida biz bitiruvchilar tantanali va’da bermoqchimiz.

Biz 20 (?) -yil bitiruvchilari ustozlarimiz, ota-onalarimiz, maktabdoshlarimiz qarshisida:

a)maktabimiz sha’nini ko’tarishga

b)ustozlar o’gitlarini, bergan bilimlarini oqlashga

d)mustaqil vatanimizga munosib farzand bo’lishga

e)Vatanga sodiq bo’lishga tantanali ravishda qasamyod qilamiz.

Sinfdosh haqidagi she’rlar

Maktab olib qo’ldi sho’x yillarimiz

Bo’ldi endi boshqa o’z yo’llarimiz

Ulg’oyib borsak-da, hali ko’ngil yosh,

Xayr endi, xayr aziz sinfdosh.

Sinfxonamizda qoldirgan izlar,

Yosh to’la ko’zlarim shu izni izlar

Til esa faqat sog’inchdan so’zlar

Xayr endi, xayr aziz sinfdosh.

Qayerda bo’lsang ham sog’-omon bo’lgin

Olisda yursang ham mardona turgin

Baxtli bo’l, omading kelsin ilohim

Xayr endi, xayr aziz sinfdosh.

Qo’ng’iroq chalinadi(qo’shiq)

Maktab direktoriga so’z beriladi.

Bitiruvchilar tantanali chiqib ketadilar.

11 комментариев к “So’ngi qo’ng’iroq Ssenariylar”

  1. Уведомление: How To Get Pass The Speading Limit On Chaturbate

  2. Уведомление: live cc shop

  3. Уведомление: kitchen remodeling

  4. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดิน เพื่อนแท้

  5. Уведомление: see the website

  6. Уведомление: swipe dumps with pin

  7. Уведомление: chocolate unch bars

  8. Уведомление: poodlemix puppylife

  9. Уведомление: Buy Golden Teacher Mushroom Online Australia

  10. Уведомление: buy salvia divinorum plant

  11. Уведомление: Blackberry Dream for sale

Комментарии закрыты.