Suvchechak qanday davolanadi ?

DO`STLARGA ULASHING:

Suvchechak belgilari va simptomlari qanday ?

Toshma kattaligi 2-4 mm bol’gan qizil donachalardan iborat, donachalar bir necha soatdan keyin papulaga aylanadi, keyin esa vezikulaga. 1-3 kun o’tgach, vezikulalar yuzaki qobiq (yara, chaqa) qoldirib quriydi. Shu bilan birga, shilliq qavatda asta-sekin enantema — sarg’ish-kulrang yuzaki qobiq hosil bo’ladi.

Infeksiya toshma va boshqa alomatlar boshlanishidan taxminan 7-21 kun oldin tanaga tushgan bo’ladi. Odam teriga toshma toshishi boshlanguniga qadar 48 soatgacha boshqalarga kasallik yuqtiruvchi bo’lib qoladi.

Toshma toshishidan boshqa simptomlar bir necha kun davom etib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • Isitma;
  • Bosh og’rig’i;
  • Ishtaha yo’qolishi.

Bemorda bu alomatlar kuzatilganidan bir yoki ikki kun o’tgach, klassik toshma rivojlanishi boshlanadi. Odam sog’ayishdan oldin kasallikning uch bosqichdan o’tadi. Bularga quyidagilar kiradi:

  1. Qizil va pushti donachalar butun tanada rivojlanadi;
  2. Donachalar suyuqlik bilan to’lgan pufakchalarga aylanadi;
  3. Pufakchalar qattiqlashib, yuzaki qobiq paydo bo’ladi.

Tanadagi toshmalar bir vaqtning o’zida yo’qolmaydi. Yangi vazikulalar doimo virus faoliyati davomida paydo bo’laveradi. Pufakchalar juda qichiyishi mumkin, ayniqsa, chaqa(yara) hosil bo’lishidan oldin. Donachalar butunlay yo’qlishi uchun 7-14 kun vaqt ketadi.

Suvchechakka nima sabab bo’ladi?

Varikella-zoster virusi (VZV) yoki suvchechak virusi suvchechakni hosil qiladi. Aksariyat hollarda virus bilan zararlanish kasallangan kishi bilan aloqa qilish davomida yuzaga keladi. VZV barcha donachalar yo’qolgunigacha yuqumli bo’lib qoladi. Virus quyidagi yo’llar bilan tarqalishi mumkin:

  • So’lak;
  • Yo’tal;
  • Aksa urish;
  • Pufakchalardagi suyuqlik bilan aloq qilish.

Suvchechak havo-tomchil yo’li bilan tarqaladi. Kasallik asosan 6 oylikdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalarga ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari, homilador ayollar kasal bo’lsa, homila ham suvchechak bilan kasallanishi mumkin, bu tug’ma nuqsonlarga olib kelishi mumkin, masalan badbasharalik. Kasallik shifo topgandan so’ng organizmda barqaror immunitet hosil bo’ladi. Suvchechakning inkubatsion davri 11-21 kun davom etadi.

Suvchechak bilan kim kasallanishi mumkin?

Infektsiyaga qarshi immumitet yoki emlash suvchechakning ta’sir qilish xavfini kamaytiradi. Virusga qarshi immunitet onadan chaqaloqqa o’tishi mumkin. Immunitet tug’ilishdan boshlab uch oy davom etadi.

Avvalo virusga avval duchor bo’lmagan har bir kishi suvchechak bilan kasallanishi mumkin. Quyidagi sharoitlarda kasallanish xavfi ortadi:

  • Kasal odam bilan aloqa qilish;
  • 12 yoshgacha bo’lgan bolalar;
  • Bolalar bilan yashaydigan, suvchechak bilan kasallanmagan kattalar;
  • Maktabda yoki bolalar muassasasida vaqt o’tkazgan shaxs;
  • Agar immunitet tizimi kasallik yoki dorilar tufayli buzilgan bo’lsa.

Suchechakga qanday tashxis qo’yiladi ?

Agar teri ustida notanish donachalar rivojlansa va ayniqsa, toshmalar shamollash (O’RVI) yoki gripp belgilari bilan birga bo’lsa, iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qilish kerak. Agar siz homilador bo’lsangiz va suvchechak bilan kasallangan bo’lsangiz darhol shifokoringizga xabar bering.

Shifokor teridagi donachalar va jismoniy tekshiruv asosida suvchechakni tashxislashi mumkin. Laboratoriya tekshiruvlari donachalarning aniq sababini tasdiqlaydi.

Suvchechak asoratlari qanday bo’lishi mumkin?

Quyidagi hollarda shifokoringizga qo’ng’iroq qiling:

  • Donachalar ko’zlar atrofida tarqalsa;
  • Donachalar qizargan bo’lsa va yiring mavjud bo’lsa (ikkilamchi bakterial infektsiyaning belgilari);
  • Suvchechak bilan birga bosh aylanishi yoki nafas qisilishi kuzatilsa.

Asoratlar odatda quyidagi toifa kishilarga ta’sir qiladi:

  • Bolalar;
  • Keksa odamlar;
  • Immun tizimi zaif bo’lgan odamlar;
  • Homilador ayollar.

Bu toifadagi insonlarda pnevmoniya, shuningdek terining, bo’g’imlarning yoki suyaklarning bakterial infektsiyalari ham rivojlanishi mumkin. Homiladorlik davrida suvchechak bilan kasallangan ayollarda tug’ma nuqsonli bolalar tug’ilishi mumkin, jumladan:

  • Bo’yning past bo’lishi;
  • Kichkina bosh o’lchami;
  • Ko’z bilan muammolar;
  • Cheklangan intellektual salohiyat.

Suvchechak qanday davolanadi ?

Bugungi kunda suvchechakga qarshi emlash bor. Suvchechakni davolash uyda amalga oshiriladi, asosan ko’proq dam olish kerak. Shifokorning retsepti bo’yicha asoratlarni kamaytirish va kasallikning oldini olish uchun interferon yordam beradi. Dorivor o’simliklardan preparatlar ham ishlatiladi. Himoyalash uchun va ikkilamchi yiringli infektsiyani davolash uchun antibiotiklar belgilanadi.

Suvchechak tashxisi qo’yilgan odamlarning ko’pchiligi virusning faolligida simptomlarni nazorat qilishlari kerak. Ota-onalarga bolalarini maktabga yubormasligi tavsiya etiladi. Shuningdek virus tarqalishini oldini olish uchun bolani to’gri parvarish qilish kerak. Infektsiyalangan kattalar ham uyda qolishlari kerak.

Shifokor qichishishni bartaraf etish uchun antigistaminlar yoki malhamlarni buyurishi mumkin. Bundan tashqari, terining qichimasini yumshatish uchun:

  • Issiq vannalar qabul qilish;
  • Yengil va yumshoq kiyimlarni kiyib olish kerak.

Virusdan asoratlar yoki ikkilamchi kasalliklar rivojlanish xavfi mavjud bo’lsa, shifokor antivirus preparatlarni buyurishi mumkin. Ushbu antivirus preparatlar suvchechakni davolamaydi, ular virus faoliyatini sekinlashtiradi. Bu inson immunitet tizimini tezroq qayta tiklanishiga imkon beradi.

Oqibatlar

Organizm ko’pincha suvchechakni o’zi davolashi mumkin. Odamlar odatda diagnostikadan bir-ikki hafta o’tgach, odatdagi faoliyatga qaytishadi. Suvchechak shifo topganidan so’ng, ko’pchilik odamlar virusga qarshi immunitetga ega bo’ladilar. Bu virus qayta rivojlanmaydi, chunki virus odatda sog’lom odam tanasida faol emas. Kamdan kam hollarda kasallik qaytalanishi mumkin.

Suvchechakni qanday qilib oldini olishi mumkin?

Suvchechakka qarshi vaksinaning ikki tavsiya etilgan dozani olgan odamlarning 98 foizida kasallikning oldi olinadi. 12-15 oyligida bolani emlash kerak. Bolalarni 4 yoshdan 6 yoshgacha bo’lgan davrida yana bir bor emlashadi.

11 комментариев к “Suvchechak qanday davolanadi ?”

  1. Уведомление: dumps with pin online shop

  2. Уведомление: beretta m9

  3. Уведомление: check this

  4. Уведомление: Porn

  5. Уведомление: mdma crystals effects

  6. Уведомление: sbobet

  7. Уведомление: click over here now

  8. Уведомление: Buy Blue Meanie Mushrooms Online (Panaeolus Cyanescens) online Australia

  9. Уведомление: ยารักษาหนองใน

  10. Уведомление: 티비위키

  11. Уведомление: look at this web-site

Комментарии закрыты.