Taglikni almashtiramiz

DO`STLARGA ULASHING:

Qiz goʼdakka infektsiyalar bilan zararlantirmaslik maqsadida, oldidan orqaga qarab yuvishga qatʼiyan rioya qilishni yodda tuting. Taglik ostidagi teri qizarishga va yalligʼlanishga moyil, shu sababdan uni alohida ahamiyat va ehtiyotkorlik bilan parvarish qilish kerak. Terini ehtiyotkorlik bilan tozalaydigan faqat yumshoq vositalarni tanlang.
Baby Lying Down
Sizga quyidagilar kerak boʼladi:
Toza taglik
Choʼmiltirish uchun goʼdaklar koʼpigi yoki namli gigienik sochiqlar
Taglik osti goʼdaklar kremi
Yoʼrgaklash moslamachaga goʼdakni yotqizing
Ishlatilgan taglikni yechib oling
Ehtiyotlik bilan bir qoʼl bilan goʼdakni oyogʼini koʼtaring, boshqasi bilan ishlatilgan taglikni olib tashlang.
Goʼdakning taglik atrofidagi terisini choʼmiltirish uchun goʼdaklar koʼpigini ishlatgan holda oqar suvga yuving. Siz shuningdek namlangan goʼdaklar sochigʼidan foydalanishingiz mumkin.
Taglik ostiga krem surting. Krem tozalangan teriga yupqa qatlam bilan surtilishi kerak.
Goʼdakning tagiga toza taglik qoʼying. Oyoqlarini tushiring. Yopishqoq moslamani rangli chiziqqa moslab taqing. Bu yopishqoq moslama koʼp marotabaligi bilan juda qulay, chunki taqib yechishni koʼp marotaba amalga oshirish mumkin.
Аgar siz nam sochiqni ishlatsangiz, taglik atrofidagi terini tozalashda najas (kal) jinsiy organlariga tegmasligi uchun qorindan bel tomonga amalga oshirish zarur.
Taglik almashtira turib, goʼdakning najasiga (stul) eʼtibor bering. Yangi tugʼilgan goʼdakning dastlabki uch kunida ibtidoiy axlati – mekoniy (toʼq rangda) chiqadi. Keyinchalik stul sargʼish rangda boʼladi, suyuq konsistentsiya va achigan xidga ega boʼladi. Koʼkrak suti bilan ovqatlantirishga najas (stul) sutkasiga 5-6 martadan 8 martagacha boʼladi. Shuning uchun har bir emizishdan avval, goʼdak tagligini almashtirish tavsiya qilinadi.
Taglik almashtirish vositalarini tanlaymiz.
Taglik ostidagi terini iliq suv va tozalash vositalari yordamida tozalanadi, chunki samarali tozalash uchun faqatgina suvning oʼzi kifoya emas. Oddiy qattiq sovun bu holatda tavsiyalanmaydi. U terini quritadi va terining ustki himoya qatlamiga ziyon yetkazadi va terini yalligʼlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun suyuq tozalash vositalaridan foydalanish afzalroq.
Har bir taglikni almashtirish jarayonida albatta himoyalash kremdan foydalanish zarurdir. Siz eng zamonaviy tagliklardan foydalangan holda ham, taglik ostidagi goʼdak qoʼshimcha himoyaga muxtoj. Bundan tashqari, teri yalligʼlanishini oldini olish uchun goʼdakka “havo vannalari” juda as qotadi. Shuning uchun taglik almashtirganingizdan soʼng, goʼdakni kiyimsiz qoldiring. Bir oz goʼdak terisi dam olgandan soʼng, taglik osti kremini suring, bu krem goʼdak terisini namlik (siydik, axlat) dan asraydi, hamda terini yalligʼlanmasligini oldini oladi.

Оставьте комментарий