Tarixdagi eng yirik talonchiliklar

DO`STLARGA ULASHING:

Tarixdagi eng yirik talonchiliklar💰

1. Iroq Markaziy banki — 1 mlrd dollar
Saddam Husaynning o‘g‘li Uday Husayn 2003-yilda AQSh bosqinidan sal avval Iroq bankidan taxminan 1 milliard dollar talon-taroj qilgan.

2. Isabella Styuart Gardner muzeyi talon-taroji — 500 million dollar
1990-yilning Avliyo Patrik kunida AQShning Boston shahrida sanʼat oʻgʻrilari 13 ta sanʼat asarini, jumladan Vermeer va Rembrandt asarlarini oʻgʻirlab ketishdi, ularning qiymati taxminan 500 million dollarni tashkil qiladi.

3. Hatton Garden — 270 million dollar
Bir guruh erkaklar Londondagi Hatton Garden xavfsiz depozit kompaniyasi omborining lift shaxtasidan foyadalanib, ichkariga kirishadi. Dam olish kunlarida millionlab qimmatbaho narsalar o’g’irlab ketiladi.

4. Britany Bank of Middle East – 133 mln dollar
1976 yil Livanning Bayrut shahrida bir guruh erkaklar bank devorlarini yorib o’tib, millionlab oltin, zargarlik buyumlari va chet el valyutalarini o’g’irlashdi va ular tezda mamlakatdan tashqariga chiqib ketadi.

5. Antverpen Diamond — 100 million dollar
Antverpendagi Jahon olmos markazidagi 160 ta seyf qutilaridan 123 tasi butkul «tozalaniladi» va olib chiqib ketiladi.

Оставьте комментарий