Uch Dara GESi, Xitoy

DO`STLARGA ULASHING:

Uch Dara GESi, Xitoy 🇨🇳

GES – Xubey provinsiyasining Yichang shahri yaqinda Yanszi daryosiga qurilgan. Uch dara GESi 2012-yil 4-iyulda to’liq holatida qurib bitkazildi va to’liq quvvatda ishlay boshladi shu yildan boshlab u o’rnatilgan quvvati bo’yicha (22 500 MVt) dunyodagi eng yirik GESga aylandi. GES 2020 yildagi keng mussonli yog’ingarchiliklardan so’ng, to’g’onning yillik ishlab chiqarilishi 112 TVt soatni tashkil etdi va u 2016-yilda Itaypu to’g’oni tomonidan o’rnatilgan 103 TVt soat oldingi jahon rekordini yangiladi. Ushbu to’g’on elektr ishlab chiqarish bilan bir qatorda Yanszi daryosidagi suv toshqinlarni oldini olishga qaratilgan. Biroq to’g’on qurilganidan so’ng arxeologik va madaniy joylarni suv bosdi, 1,3 millionga yaqin odam ko’chirildi va ekologik o’zgarishlarga olib keldi. Shu sababli to’g’on mamlakat ichida ham chet elda ham bahsli bo’lib kelgan.

Оставьте комментарий