Telegram’da qanday qilib Amerika raqami bilan akkaunt ochish mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Ba’zilar Telegram’da qanday qilib AQSh raqami bilan akkaunt ochganiga qiziqyapsizmi? Siz ham Amerika raqami bilan Telegram’dan foydalanishga qaror qilgan bo‘lsangiz, xush kelibsiz. Aynan to‘g‘ri manzilga murojaat qildingiz!

Maqolani boshlashdan oldin bir jihatni aytib o‘tmoqchimiz: boshqa davlat raqami bilan Telegram’dan foydalanish uchun sizga virtual raqam kerak bo‘ladi. Quyida, avvalo, ushbu turdagi telefon raqamlar haqida ma’lumot beramiz va ularni qayerdan olish mumkinligini ko‘rsatamiz.

Virtual raqam nima uchun kerak?

Telegram’da ro‘yxatdan o‘tayotganingizda telefon raqamingizni kiritishingiz kerak. Bu bosqichni o‘tkazib yubora olmaysiz. Ro‘yxatdan o‘tish uchun sizga haqiqiy yoki virtual raqam kerak bo‘ladi.

Telegram’da virtual raqam bilan akkaunt ochish yaxshimi yoki yomon?

Telegram’ning foydalanuvchi shartlarida virtual raqamdan foydalanishga taqiq qo‘yilmagan. Virtual raqamdan foydalanish onlayn xavfsizligingizga yordam beradi.

Biror bir xizmat yoki ilovadan ro‘yxatdan o‘tayotganingizda raqamingiz (yoki elektron pochta manzilingiz) kimning qo‘liga tushishi va u odam raqamingizdan qanday maqsadlarda foydalanishi mumkinligini bilmaysiz.

Raqamingizga spam qo‘ng‘iroqlar amalga oshirilishi mumkin yoki turli telemarketingchilar (telefon orqali tovar-xizmatlarni reklama qiluvchilar) nishoniga aylanishingiz ham ehtimoldan xoli emas.

Virtual raqam sizni bunday tashvishlardan asraydi.

Telegram uchun virtual raqamni qayerdan olish mumkin?

Phoner deb nomlangan ilova mavjud bo‘lib, undan foydalangan holda virtual telefon raqamlar olish mumkin.

Ilovani App Store yoki Play Market’dan yuklang.

O‘rnatib bo‘lgach, ilovadan o‘zingizga yoqqan virtual raqamni tanlang. Phoner’dan virtual raqam olish juda oson. Ilova yordamida faqat AQShning emas, balki 30 dan ortiq mamlakatlarning telefon raqamini olish mumkin.

Shu yerda sizda o‘rinli savol tug‘ilishi mumkin: virtual raqam tekinga beriladimi?

Ha va yo‘q. Virtual raqam olish pullik. Raqam tanlayotganingizda xaridni amalga oshirish yoki xizmatga obuna bo‘lish oynasi ochiladi.

Telegram'da qanday qilib Amerika raqami bilan akkaunt ochish mumkin?
Telegram’da qanday qilib Amerika raqami bilan akkaunt ochish mumkin?

Ammo, xayriyatki, Phoner sizga 3 kun bepul sinov muddati taqdim etadi. Agarda Visa yoki boshqa xalqaro kartangiz bo‘lsa, uning yordamida bepul obunaga a’zo bo‘lishingiz va sinov muddati tugab, hisobingizdan pul yechilishdan oldin obunani bekor qilishingiz mumkin. Bizningcha, 3 kun Telegram’da ro‘yxatdan o‘tishga bemalol yetadi!

8 комментариев к “Telegram’da qanday qilib Amerika raqami bilan akkaunt ochish mumkin?”

  1. Уведомление: buy cvv shop

  2. Уведомление: Key Wall Safe

  3. Уведомление: trouver plus ici

  4. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดินเปล่า

  5. Уведомление: trouver plus ici

  6. Уведомление: Plantation Shutters

  7. Уведомление: Biladd Alrafidain

  8. Уведомление: วิเคราะห์บอลวันนี้

Комментарии закрыты.