DO`STLARGA ULASHING:
👍 Avtohalokat sodir bo‘lganda qanday qilib kompensatsiya olish mumkin?
Yo‘l-transport hodisasiga uchradingiz, aybdor noma’lum yoki sug‘urtasi yo‘q. Sug‘urta kompaniyangiz to‘lovga qobiliyatsiz deb topildi.
Vahimaga o‘rin yo‘q — O‘zbekistonda Sug‘urta to‘lovlarini kafolatlash jamg‘armasi mavjud, u standart sug‘urta mexanizmlari ishlamagan taqdirda zararni qoplashi mumkin.
📄Kompensatsiya olish uchun qanday hujjatlar kerak?
➖aybdorning sug‘urta polisi (mavjud bo‘lsa);
➖sud qarori, agar ish sud tomonidan ko‘rib chiqilgan bo‘lsa;
➖yetkazilgan zarar miqdori va faktini tasdiqlovchi hujjatlar (yo‘l-transport hodisasi to‘g‘risidagi xulosa yoki qaror, sud-tibbiy ekspertiza hujjatlari);
➖mol-mulkka yetkazilgan zarar miqdori va faktini tasdiqlovchi hujjatlar (mol-mulkni mustaqil baholash dalolatnomalari va ҳ.к.);
➖jabrlanuvchining shaxsini yoki uning davlat ro‘yxatidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
➖meros yoki huquqiy vorislik huquqi vujudga kelganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
🤔Xo‘sh, jamg‘armaga ariza qanday topshiriladi?
✍️Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yoki hujjatlarni Jamg‘armaga tashrif buyurib taqdim qilishingiz yoki hujjatlar to‘plamini info@tkj.uz elektron pochtasiga yuborish orqali topshirishingiz mumkin.
🪙Arizangiz 30 kun ichida ko’rib chiqiladi, to’lovni esa qaror qabul qilingandan keyin bir hafta ichida olishingiz mumkin.
💰 Maksimal kompensatsiya miqdori – 40 mln so‘m;
👩⚕️ Hayot va sog‘liqqa yetkazilgan zararni qoplash uchun – 26 mln so‘mgacha;
🚗 Mol-mulkka yetkazilgan zarar uchun – 14 mln so‘mgachani tashkil qiladi.
🫵Sizda ham shu kabi holatlar bo‘lganmi?
Ha — ❤️
Yo‘q — 👍