DO`STLARGA ULASHING:
10-yanvar — Yaponiyada 110 raqami bayrami kuni.
Yaponiyalik mutaxassislar hisobicha shunday bir qo‘ng‘iroq kunchiqar mamlakatida taxminan uch yarim sekundda bir marta chalinar ekan. Boshqacha aytganda, Yaponiyaning har bir 14-fuqarosi yuz bergan falokatdan xabar jo‘natib politsiya professionallaridan himoyaga umid qilar ekan. Bugungi kunda har bir telefon budkasiga yozib qo‘yilgan 110 raqami kun sifatida norasmiy tarzda o‘tkazilib kelinadi. Bu raqam Yaponiyada hatto har bir yosh bolaga ham juda tanish. 110 raqami Kunchiqar mamlakatida 1948-yildan ishlashni boshlagan. Boshlanishida Tokio, Osaka, Kiota, Kobe, Yokogoma, Kavasaki, Nagoya va Fukuoka kabi yirik shaharlarda bu xizmat turi joriy etilgan. Birinchi kunlarda 110 va 1110 raqamlari terib kelingan, biroq 1954-yilning 1-iyulidan politsiya haqidagi yangi qonun qabul qilingandan so‘ng faqat bir nomer—110 terilgan.