Test imtixonlarida qatnashish uchun 122 ming 500 so‘m to‘lashingiz kerak!

DO`STLARGA ULASHING:

Test imtixonlarida qatnashish uchun 122 ming 500 so‘m to‘lashingiz kerak!

✅ Test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun BHM (bazaviy hisoblash miqdorining) yarim baravari, ya’ni, 122.500 so‘m miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

Kimlar to‘lov qilishmaydi?

👉 Ta’lim muassasalarini 2021-yilda tamomlaganlar;
👉 1-2 guruh nogironligi bor shaxslar;
👉 To‘liq davlat ta’minotidagi shaxslar.

Mazkur toifadagi abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tganida ularga to‘lov qilish uchun invoys shakllantirilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu summa 111 ming 500 so‘mni tashkil etgan va Davlat test markazi tomonidan o‘tgan yili 100 mlrd so‘mga yaqin mablag‘lar to‘plangan va uning 20 mlrd so‘mdan oshiqrog‘i test sinovlarini tashkil etish uchun sarflangan.