Tezpishar shokoladli tort

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur masalliqlar: 1,5 stakan un, 3 osh qoshiq kakao, 1 stakan shakar, 5 osh qoshiq zaytun (yoki boshqa o‘simlik) yog‘i, 1 choy qoshiq qabartirgich, 1 choy qoshiq sirka, 1 choy qoshiq vanilin, 0,5 choy qoshiq tuz.
Tayyorlanishi: idishda sirka, vanilin va o‘simlik yog‘ini aralashtirib, ustidan un, kakao, shakar, qabartma va tuz solinadi. Keyin suv solib, xamir qoriladi. Tayyor bo‘lgan masalliq yog‘langan qolipga solinadi va 180 S haroratda qizdirilgan gaz pechida 35 daqiqa davomida pishiriladi. Tort sovuganidan so‘ng ta’bga ko‘ra bezatiladi.
Yoqimli ishtaha!
Dilfuza AZIMOVA
soglom.uz/tavsiya/tezpishar-shokoladli-tort/

Оставьте комментарий