Перейти к содержимому
DO`STLARGA ULASHING:
Chiroyli qullar singari chiroyli oyoq ham juda kurkam kurinadi. Biroq kup kishilar oyoqlariga etibor bermaydi.
Parvarish qilinmagan oyoq jussani khunuklashtiradi va umumiy soglikka salbiy tasir etadi. Oyoqlarga, khususan, tovonlarga doimo gavda ogirligi tushib turganidan ular zuriqadi. Zur kelishi natijasida oyoq mushaklari, buginlari, qon tomirlari, tovon va terisiga shikaet etadi. Mushak paylarining tugma zaifligi (nasldan-naslga utadi) natijasida oyoqlarda turli uzgarishlar sodir buladi. Poyabzal ham oyoqqa juda tasir etishi isbotlangan.
Tovonning normal shakli buzilmasin, uzgarmasin, yorilmasin, barmoqlar qiyshaymasin, desangiz, poyabzalning qulayini va oyogingizga loyigini tanlash muhim ahamiyatga eta. Bazi odamlarning tovoni yorilib, terisi quruqlashib ketadi. Tovon yorilishi kasalligi garchi inson hayotiga khavfli bulmasa-da, soglikka zarar beradi. Natijada yurish-turish qiyinlashadi. Ayniqsa, jismoniy ish qilinganda qattiq ogriq paydo bulib, kechasi achishib, goho luqillab ogriydi, isitma chiqishi va kecha bedor utishi mumkin. Bolalardagi tovon jarohati ularni injiq qiladi, yigiga sabab buladi. Vazni ogir odamlar uchun bu kasallik anchagina tashvish va bezovtalik tugdiradi. Tovon yorilishining sabablari har khil buladi:
1. Tovonni uzoq yuvmay yurish tufayli qora kirlar kupayadi.
2. Tovonning haddan tashqari qurib ketishi oqibati-da mayda qon tomirlarining faoliyati buziladi. Ularda qon oqish jarayoni qisman tukhtab qoladi.
3. Doimo suvda, zakhda bulish ham bitta sabablardan.
4. Tovonning qattiq shamollashi ham zararlidir.
5. Sakrash natijasida tovon zarbga bardosh bera olmay, yorilishi mumkin.
6. Organizmda vitaminlar, har khil hayotbakhsh mineral tuzlar va modda elementlari kamayib, immunitetning pasayib ketishi ham sababchidir.
7. Asabiy-ruhiy holat va kechinmalarda bunga tat sir kursatadi.
TOVONIM YORILMASIN, DESANGIZ…
1. Uni doimo iliq suvda yuvib turish kerak.
2. Tovon quriy boshlagach, tezda oldini olib, davolash choralarini kurish lozim.
3. Uz tovoningizdan ham tez-tez “khabar” olib turing.
4. Shakhsiy gigiena qoidalariga rioya qiling, chunki tozalik, pokizalik – salomatlik garovi.
Tovon yorilishini davolash ayrim choralari:
1. Tovonni iliq suvda sovunlab yuvib, quritib, eritilgan qora quchqor yogi surkash lozim. YOgni surkab ustiga bir parcha sellofan yopib, paypoq kiyib yotish kerak. Bu amal tovon mutlaq tuzalib ketguncha har kuni yotish oldidan (kechasi) bajarilishi darkor.
2. Aloe bargining ichidagi shilligini yorilgan tovonga chaplab boglab olish ham davodir.
3. Bargizubning bargini yuvib, yuvilgan quruq tovonga qoplab paypoq kiyib yotish tavsiya etiladi.
4. Oddiy dog qilingan pakhta yogini yoki quy (echki) yoginnng bir parchasini qizdirib, yorilgan joyga surkab yotsa ham, yordam beradi.
5. Urik yoki shaftolining magizi yogini khasta tovonga surkash ham koni foyda.
6. Togoradagi issiq suvga (35-36 darajada) ichimlik sodasi (1 litrga 1 osh qoshiq) yoki moychechak (romashka) guli damlamasi (1 litrga 3 osh qoshiq) qushib yuborib, shu suvga oyoqlaringizni solib utiring (10-15 daqiqa). Agar tovoningiz terisida shilingan joylar ham bulsa, suvga oshlovchi va mikrobsizlantiruvchi moddalar – kalendula (tirnoqgul) damlamasi (1 litrga 1 osh qoshiq) yoki gazanda ut (krapiva) (1 litrga 2 osh qoshiq) solasiz. YOki kaliy permanganati (margansovka)ning nimtatir eritmasidan foydalaning. 20-30 daqiqadan sung oyoqni quritguncha artasiz va vazelin yoki gliserin surasiz. Qulingiz kafti bilan oyoq barmoqlaridan tovonga tomon ohista silang, tovondagi qon aylanishi yakhshilanadi.
15 комментариев к “Tovon yorilishi davosi”
Обсуждение закрыто.