Turli xarakteristikalarni aniqlash uchun servis saytlar

DO`STLARGA ULASHING:

Turli xarakteristikalarni aniqlash uchun servis saytlar
#manba

ℹ️ Kompyuter yoki internetimizga bog’liq ma’lumotlarni aniqlash uchun doimo ham alohida dastur o’rnatish shart emas. Quyidagi servis saytlar orqali yetarlicha ma’lumotlarni olishingiz mumkin:

• whatsmydns.net — domen nomining joriy IP manzili va DNS yozuvi ma’lumotlarini dunyoning turli burchaklarida joylashgan bir nechta nom serverlariga nisbatan tekshirish imkonini beradi.

• whatsmygps.com — Kenglik va uzunlik koordinatalarini qanday topishni bilasizmi? Bu Yerdagi istalgan joyning kenglik va uzunlik manzilini topishning oson usuli!

• whatsmygpu.com — Sizda qanday GPU borligi va uning statistikasi qanday ekanligini aniqlashga yordam beradi.

• whatismybrowser.com — Siz qaysi brauzer va uning qaysi versiyasidan foydalanayotganingizni bilib olasiz.

• iplocation.net/find-ip-address — Kompyuteringizning umumiy IP manzilini ko’rsatadi.

• fast.com — Hozirgi internet tezligingizni aniqlashga ko’mak beradi.
©KA Jamoasi (http://t.me/kompyuter_akademiyasi)

Оставьте комментарий