Uluru qoyasi, Avstraliya

DO`STLARGA ULASHING:

Uluru qoyasi, Avstraliya 🇦🇺

Uluru qoyasi Shimoliy hududning Uluru-Kata Tjuta milliy bog’idagi ulkan qumtosh monolitdir ushbu tosh massivi atrofdagi cho’lning tekis yuzasidan 348 m balandlikga ko’tarilgan, uning uzunligi — 3,6 km, kengligi — 3 km. Uluru Sidney opera teatri bilan bir qatorda Avstraliya bilan eng ko’p bog’langan. U ikki nom bilan mashhur asli nomi Uluru rasmiy yangi nomi Ayers Rok. Uluru qoyasi sayyoradagi arxey qobig’ining eng qadimiy joylaridan biridir. Avstraliyalik Aborigenlar tarkibidagi Anangu qabilasi Uluru qoyasini milliy park sifatida foydalanish uchun Avstraliya hukumatiga ijaraga bergan. Shunga qaramay tog’ga chiqish uzoq vaqtdan beri munozarali masala bo’lib kelmoqda, chunki Uluru mahalliy Anangu xalqi tomonidan muqaddas sanaladi va ular mehmonlardan unga oyoq bosmaslikni iltimos qilishadi.

Оставьте комментарий