Vaktsinatsiya (emlash) – qildirish kerakmi?

DO`STLARGA ULASHING:

Vaktsina oʼzi nima?
Vaktsina – (lotin tilida «sigir” degan maʼnoni bildiradi) biror kasallikka qarshi emlash uchun aynan shu kasallik qoʼzgʼatuvchisidan tayyorlangan doridir.
Uning qanday turlari mavjud?
Uni 4 guruxga boʼlish mumkin:
Tirik vaktsina – bu kasallik chaqiruvchi mikroorganizmni kuchsizlantirilgan turlarini oʼz ichiga oladi.
Inaktivlangan vaktsina – kasallik chaqiruvchi mikroorganizmni oʼldirilgan tanasi yoki tanasining bir qismidan tayyorlanadi.
Аnatoksinlar – bu mikroorganizmlarning kasallik chiqiruvchi zaxarini (toksin) zararsizlantirilgan xolatidir.
Biosintetik vaktsina – bu gen injenerligi yordamida ishlab chiqarilgan vaktsinalardir.
Qanday taʼsir qiladi?
Organizmga xar qanday yot tana(virus, bakteriya, vaktsina va x.) tushgandan soʼng, inson immun tizimi(ximoya tizimi) uni oʼrganadi, xotirasida saqlaydi va unga qarshi kurashish uchun «qotil – modda” (antitela) lar ishlab chiqaradi. «Qotil – modda” aynan bir turdagi yot tanaga qarshi kurashadi va xar bir mikrob uchun aloxida ishlab chiqariladi. Buni maxsus immunitet yoki maxsus ximoya deb atash mumkin.
Vaktsinaga qarshi paydo boʼlgan «qotil – modda” xaqiqiy mikrob tanaga tushishi bilan unga qarshi kurashishni boshlaydi va kasallikka chalinishdan ximoya qiladi.
Emlashdan nima naf?
Quyidagi statistik maʼlumotlar bu savolga favob boʼladi:
XX asr boshida butun Yer yuzida 1-1.5 mlrd odam istiqomat qilar edi. Shu asr oxirida esa insonlar soni 6 mlrd dan oshdi. Tarixdagi biror asrda inson soni bunchalik tez yaʼni 5 barobarga oshmagan. Bungi sabab qilib tibbiyotning rivojlanishi, ayniqsa vaktsinani kashf qilinishi va uni rivojlanishini koʼrsatish mumkin.
2-jaxon urishi vaqtida tuberkulez (sil) bilan ogʼrigan bemorning xar 7-si vafot etgan.
Har yili 1 milliondan ortiqroq emizikli bolalar pnevmokokli infektsiyalardan va rotavirus diareyasidan halok boʼlmoqdalar.
Qizamiqdan umumjahon oʼlim miqdori 2000 -2010 yillarda 74% ga kamaydi.
Butun jaxon sogʼliqni saqlash tashkilotining Yevropa byurosi xozirgi vaktsinatsiya oqibatida xar yili 3 million bola xayoti saqlanib qolinishini taʼkidladi.
Yaqin yillardagi yangi vaktsinalar oqibatida esa yuqoridagi koʼrsatgich 8 milliongacha borishi aytilgan.
Qarshi koʼrsatmalar qaysilar?
Xar bir vaktsinani turiga qarab turli qarshi koʼrsatmalar mavjud. Ular bilan toʼliqroq tanishish uchun quyidagi saytga oʼtishingiz mumkin.
Xozirgi zamonaviy vaktsinatsiya shu xolatga kelish uchun juda koʼp chigʼiriqlardan oʼtgan boʼlib, men unga ishonaman. Farzandlar va ularning kelajagi uchun EMLАSh qildirish kerak!

17 комментариев к “Vaktsinatsiya (emlash) – qildirish kerakmi?”

  1. Уведомление: Old Seksi

  2. Уведомление: ถาดกระดาษ

  3. Уведомление: Chillwell AC reviews

  4. Уведомление: sbo

  5. Уведомление: maxbet

  6. Уведомление: buy cvv online

  7. Уведомление: คลิปหลุดใหม่

  8. Уведомление: maxbet

  9. Уведомление: sbobet

  10. Уведомление: Pursuing financial independence

  11. Уведомление: Rent a hacker

  12. Уведомление: voir ce site

  13. Уведомление: best marijuana

  14. Уведомление: Cambodian Magic Mushrooms near me

  15. Уведомление: penis envy mushrooms

  16. Уведомление: magic mushrooms legal states​

  17. Уведомление: สล็อตเว็บตรง

Комментарии закрыты.