DO`STLARGA ULASHING:
Ko‘p tashkilotlardan “Yangi yil bayrami munosabati bilan bayram pulini barcha xodimlarga berish majburiymi?”, “Hammaga bir xil miqdorda berish kerakmi?”, “Yarim oy oldin berish mumkinmi?” degan savollar kelib tushmoqda.
❗️Mehnat kodeksining 252-moddasiga asosan mukofotlash, ish haqi asosiy qismiga doir qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar, boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlar tizimlari ish beruvchi tomonidan ko‘ra belgilanadi.
Ushbu kelishuv jamoa shartnomasi yoki boshqa ichki hujjat bilan rasmiylashtiriladi.
‼️Agar ichki hujjatda ish beruvchi barcha xodimlarga bayram sanasi munosabati bilan mukofot berishni o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa, bu majburiy hisoblanadi, agar bermasa qarzdorlikni keltirib chiqaradi va uni xodim undirib olishi mumkin bo‘ladi.
Agar ichki hujjatda kelishilmagan va ish beruvchi o‘z zimmasi olmagan bo‘lsa, bu majburiy bo‘lmaydi, ixtiyoriy beradi.
❌ Mukofot berishda va ichki hujjatlarni rasmiylashtirishda kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Ya’ni Mehnat kodeksining 4-moddasiga ko‘ra xodimlarning ishchanlik sifatlari va mehnati natijalari bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa jihatlariga qarab cheklovlar belgilash yoki imtiyozlar berish kamsitishdir. Masalan, erkaklar yoki ayollar, pensiya yoshidagilar yoki yoshlar, lavozimi yuqori yoki past ekanligi sababli mukofot bermaslik yoki miqdorini kam berish ham kamsitish bo‘ladi.
✔️ Bayram sanasi munosabati bilan mukofotni bayramdan oldin ham (hatto yarim oy bo‘lsa ham), keyin ham berish mumkin. Qonunchilikda oldin yoki keyin berish kerakligi bo‘yicha aniq norma belgilanmagan. Qonunchilik, ichki hujjatlar va ish beruvchining imkoniyati bo‘yicha beriladi.
☄️Byudjet tashkilotlarida rag‘batlantirishlar turlari, qo‘llash tartibi va shartlari qonunchilikda belgilanadi. Ya’ni, qonunchilikda belgilangan bo‘lsa, ish beruvchi berishi mumkin. Agar belgilanmagan bo‘lsa, pul ham ajratilmagan bo‘ladi va ish beruvchi xohlasa ham bera olmaydi
