XADYA QILINGAN MOL-MULK QAYTARIB OLINISHI MUMKINMI

DO`STLARGA ULASHING:

XADYA QILINGAN MOL-MULK QAYTARIB OLINISHI MUMKINMI
⚡️Savol;
meni otam o‘ziga tegishli bo‘lgan uch xonali uy-joyini notarius orqali boshqa bir shaxsga tekinga xadya qilib yuborgan. Xozirda otam o‘sha xadya qilingan mulkini o‘sha shaxsdan qaytarib olishi mumkinmi ?
⚡️Javob;
Fuqarolik kodeksining 507-moddasiga ko‘ra,
🟢 Hadya oluvchi hadya qiluvchining, uning oila a’zolari yoki yaqin qarindoshlarining hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi ataylab jinoyat sodir qilgan hollarda hadyani bekor qilishga sud tartibida yo‘l qo‘yiladi.
🟢 Hadya oluvchi hadya qiluvchini qasddan o‘ldirgan taqdirda hadya qiluvchining vorislari sudda hadyani bekor qilishni talab etish huquqiga ega.
🟢 Agar hadya oluvchining hadya qiluvchi uchun katta nomulkiy qiymatga ega bo‘lgan hadya buyumga nisbatan muomalasi uning butunlay yo‘q bo‘lib ketishi xavfini solsa, hadya qiluvchi hadya bekor etilishini sud tartibida talab qilishga haqli.
✅ Yuqoridagi sabablardan biriga asosan otangiz sudga da’vo qilib xadya qilib yuborgan mol-mulkini qaytarib berilishini talab qilishi mumkin.
✏️ Shunchaki fikri o‘zgarib qolganligi, o‘rtadagi munosabatlar buzilganligi va boshqa o‘ylab topilgan sabablar bilan xadya qilingan mulkni qaytarib bo‘lmaydi.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek