Yettinchi sentyabr sindromi

DO`STLARGA ULASHING:

Yettinchi sentyabr sindromi( ayrim hollarda «birinchi sentyabr sindromi» deb ham yuritiladi)

Ushbu sindrom asosan boshlang’ich sinf o’quvchilarga nisbatan qo’llaniladigan psixologik kasallik bo’lib, uzoq vaqtli ta’tildan so’ng maktab o’quvchilarida ( 1- va 4- sinf) maktabga nisbatan adaptatsiyaning qiyin kechishi bilan ifodalanadi.

Kasallik quyidagicha ifodalanadi:
1. Maktabga qaytgandan so’ng bolalarda virusli kasalliklarga chalinish ortib ketadi.
2. Hayot rejimining keskin o’zgarishiga organizm salbiy reaksiya ko’rsatadi va shu sababli o’quvchilarda psixologik zo’riqish holatlari(stress, depressiya) kuzatiladi.

Ushbu kasallik maktab boshlanganidan so’ng 7-10 kun davomida kuzatiladi.

Ushbu holat kuzatilmasligi uchun psixologlar ustoz va ota-onalarga farzandlarini dastlabki o’qish haftasida ko’p vazifalar bilan «qiynamasliklarini» maslahat berishadi.

📊@jahon_statistikalar

Оставьте комментарий