DO`STLARGA ULASHING:
Film haqida qisqacha: 1987-yil, Sevilya. «7-guruh» maxsus politsiya otryadi oldiga nihoyatda muhim vazifa qo‘yiladi: shaharni ko‘chalarni egallab olgan va jamiyatni ich-ichidan yemirayotgan fohishalik hamda giyohvand moddalar savdosidan tozalash.
Otryadga detektiv bo‘lishga intilayotgan yosh ofitser Anxel va shafqatsiz, takabbur, ammo nihoyatda samarali tajribali politsiyachi Rafael boshchilik qiladi.
«7-guruh»ning jinoyatchilikka qarshi kurashdagi asosiy usuli — zo‘ravonlik, tahdid, yarim haqiqat va yolg‘onlardan foydalanib, qonunni o‘zlari ham chetlab o‘tish. Ular uchun maqsad yo‘lida barcha vositalar joiz.
Missiya davomida ikki ofitser turli yo‘llardan borishni boshlaydi. Anxel o‘zining shuhratparastlik va martaba orttirish istagiga berilib ketadi. Rafael esa o‘zi ham kutmagan holda ko‘chadan olib ketgan yosh va go‘zal Lyusiyaga mehr qo‘yib, uni sevib qoladi.