YouTube’da video ijro etilishini bloklash

DO`STLARGA ULASHING:

YouTube’da video ijro etilishini bloklash

Agar YouTube (https://www.youtube.com/) videoxostingida turli musiqa to‘plamlarini tinglashni xush ko‘rsangiz, u holda videodagi ma’lumotlarning vizual tashkil etuvchilari sizga qiziq bo‘lmasligi mumkin. Boz ustiga ko‘pincha musiqa to‘plamlarini fon rejimida tinglashga to‘g‘ri keladi.

Agarda limitli Internet ulanishidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, u holda Google Chrome brauzeri uchun Music Mode for YouTube (https://chrome.google.com/webstore/detail/music-mode-for-youtube/abbpaepbpakcpipajigmlpnhlnbennna) kengaytmasi sizga yordamga keladi.

U butunlay video qatorni olib tashlab, faqat ovozni qoldiradi. Videoni yuklab olish uchun trafik ham endi mos tarzda talab etilmaydi, faqat audio qator yuklab olinadi. Kengaytmalar orasida 🎶 ko‘rinishidagi belgini doimiy ko‘rinib turadigan qilib qadab qo‘yishingiz mumkin.

Kerakli to‘plam ishga tushirilganidan so‘ng kengaytmadagi surgichni On holatiga o‘tkazib, ENTER’ni bosganingizda video qator ketib, uning o‘rnida kengaytma nomi qora fonda ko‘rinib turadigan bo‘ladi. Videoni bevosita tomosha qilgan qilish kerak bo‘lganida kengaytma surgichini yana Off’ga o‘tkazib, ENTER’ni bosgan holda pleyerga video qatorni qaytarish mumkin.

📝 Manba: @pcTeapot

Оставьте комментарий