Yuqumli kasallik (koronavirus) sabab vafot qilgan kishini yuvish va dafn qilish

DO`STLARGA ULASHING:

Vafot etgan har musulmonning tiriklar ustida uni yuvish, kafanlash, hamda unga janoza namozi o‘qib, musulmonlar qabristonida dafn qilishdek haqlari mavjud. Bu ishlar odatda qanday qilinishidan ko‘pchiligimiz boxabarmiz. Biroq istisno holatlarida, masalan Koronavirus vabosi davrida unga chalingan mayyitni yuvish, kafanlash va janoza o‘qish qay yo‘sinda amalga oshiriladi?

Fuqaholarning bu xususdagi fatvolariga ko‘z yugurtirdim. Quyida ularning qisqacha amaliy xulosalarini aytib o‘taman. Mutaxassislar esa ilova qilinayotgan manbalarga murojaat qilishlari mumkin.

Xulosa shuki, agar turli sabablarga ko‘ra mayyitni ananaviy tarzda yuvishning imkoni bo‘lmasa, (masalan mayyit jasadi kuyib ketgan bo‘lsa, suvda cho‘kib shishib ketsa yoki yuqimli kasali bo‘lsa) uni odatdagidek ishqalab yuvish o‘rniga, ustidan ehtiyotkorona suv quyiladi/oqiziladi. Buning ham imkoni bo‘lmagan taqdirda esa unga tayammum qildiriladi. Masalan «Hidoya»ning sharhi bo‘lmish «Inoya»da (16/261) :»Suv yo‘qligi/taqchilligi sabab yuvilmagan mayyitga tayammum qildiriladi. Tegib bo‘lmasligi (masalan shishib ketgani) tufayli yuvish imkoni bo‘lmaganda esa mayyit ustidan bir suv quyib yuboriladi», deyiladi.

Ba’zi zamondosh ulamolar yuqumli kasalligi mavjud mayyitning jasadiga tayammum qildirish o‘rniga tayammum uning kafani yoki kafan ustidan qoplangan matoh ustidan qildirilishini munosib ko‘rishgan. So‘ng mayyitga ehtiyot chorasi ko‘rilgan tarzda janoza o‘qib dafn qilishni ta’kidlashgan.

Misrdagi Dorul-Ifto nashr qilgan fatvoda shuningdek, yuqimli kasalligi mavjud mayyit ustidan suv quyish jarayoni g‘assol(lar)ga zarar yetmasligi uchun barcha himoyaviy chora-tadbirlar olin taqdirdagina qilinishi aytilgan. Undan tashqari, agar dafn qilunganga qadar mayyit jasadidan boshqalarga zararli modda chiqish ehtimoli bo‘lsa, kafan ustidan buning oldini oladigan matoh bilan mahkam o‘ralishi zarurligi qayd qilingan.

Dorul-Ifto fatvosida yana, yuqish ehtimolini oldini olish maqsadida janoza namozini aholidan chekka bir joyda, oz sondagi namozxonlar bilan o‘qish tavsiya qilinadi. Shuningdek, mabodo kasallik yuqish xavfi yoki boshqa sabab mayyitga janoza o‘qimasdan dafn qilingan bo‘lsa, qabr ustida mayyit uchun yakka-yakka tarzda janoza o‘qilishi eslatiladi.

Fatvo so‘ngida ulamolar bu kabi istisno holatlarida yuqoridagidek ehtiyotkorona yondashish Islom shariati ruhiga uyg‘unligi ta’kidlanadi. Zero, Islom inson hayotini himoya qilishni o‘zining eng oliy maqsadlaridan biri deb biladi.

Alloh taolo bandalarini muntazam tarzda turli sinov, balo va vabolar bilan sinab turadi. Maqsad ularning to‘g‘ri xulosa chiqarib o‘zlarini o‘nglashi va to‘g‘ri yo‘lga qaytishlaridir. Koronavirus (Kovid 19) vabosi ham shunday sinov-balolardan biri bo‘lsa ajab emas.

Alloh taolodan musulmolarga o‘z dinida mustahkam bo‘lishni nasib qilishini, hamda barcha insoniyatni hidoyatga boshlashini so‘rab qolamiz.

 

Materialni Muhiddin Qudrat o‘g‘li (Shirinov) hozirladi

azon.uz

15 комментариев к “Yuqumli kasallik (koronavirus) sabab vafot qilgan kishini yuvish va dafn qilish”

  1. Уведомление: nova88

  2. Уведомление: legit cvv shop

  3. Уведомление: click here

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: sbo

  6. Уведомление: navigate to these guys

  7. Уведомление: passive income streams

  8. Уведомление: nova88

  9. Уведомление: find more here

  10. Уведомление: โฉนดแลกเงิน

  11. Уведомление: Institutional Repository

  12. Уведомление: https://williamscreekgolfcourse.com/wp-content/uploads/2022/01/index.html

  13. Уведомление: upx1688.com

  14. Уведомление: เช่าคอนโด

  15. Уведомление: Speer Gold Dot Ammunition 45 ACP 185 Grain Jacketed Hollow Point For Sale Online

Комментарии закрыты.