❗️BЕMORGA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM KO‘RSATMAGAN SHIFOKORGA QANDAY JAVOBGARLIK BOR.

DO`STLARGA ULASHING:

❗️BЕMORGA SHOSHILINCH TIBBIY YORDAM KO‘RSATMAGAN SHIFOKORGA QANDAY JAVOBGARLIK BOR.

SAVOL;
Tibbiyot muassasalariga shoshilinch tarzda borgan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni rad qilgan shifokorga qanday javobgarlik bor ?

JAVOB;
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59 prim 1-moddasiga ko‘ra, hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli holatda bo‘lgan shaxsga tibbiyot tashkilotlarida qonunga yoki maxsus qoidalarga muvofiq shoshilinch yoki kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishi kerak bo‘lgan shaxs tomonidan shunday yordam ko‘rsatishni asossiz ravishda rad etish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

✏️ Aslida manashunday jarimalarni miqdorini oshirish kerak. Xayoti yoki sog‘ligi uchun xavfli holatda bo‘lib borgan fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatmagan shifokorga 900 000 so‘mdan 1 500 000 so‘mgacha jarima bo‘ldi. Mantiqni qarang. Bu masalaga kengroq to‘xtalmoqchi edim mayli keyinroq to‘xtalamiz…

Оставьте комментарий