1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan.

DO`STLARGA ULASHING:

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan.

O‘CHMAS BOLALIK

O‘chmassan, bolalik, go‘zalsan buncha,
Sen ila hayotim nafis gulg‘uncha!
Yodimda yoshlikning quvnoq damlari,
Qalbim bahorisan, zavqlisan shuncha.

Musaffo, ham ajib  ma’suma tonglar,
Bolalik mo‘jiza — tovlanar ranglar.
Kim olsa go‘zallik nuridan bahra,
Yuragi quvonib,  baxt sehrin anglar.

Seni sog‘inaman — zavqyobdir xumor,
Qalbimni sen chaman aylagan dildor!
Shodliklarga to‘lib qumli ko‘chalar,
Cho‘milardik to‘lib, Qumariq — anhor…

O, nafis bolalik! Senda hikmat bor,
Har lahza sehringga dillar intizor.
Go‘zal xotiralar yoshlikka eltib,
Kuchimga-kuch qo‘shar — hislar beg‘ubor!

Baxtiyor Yo‘ldoshev,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Оставьте комментарий