15-dekabr — “Shamollarda qolgan hislarim” filmi taqdim etilgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

15-dekabr — “Shamollarda qolgan hislarim” filmi taqdim etilgan kun

1939-yilning 15-dekabr sanasida Margaret Mitchell qalamiga mansub roman asosida suratga olingan “Shamollarda qolgan hislarim” filmi ilk marta ekran yuzini koʻrgan.
Film 8 ta yoʻnalish boʻyicha “Oskar” mukofotiga munosib deb topilgan.
Filmdagi Skarlett roliga 1400 dan ortiq aktrisa daʼvogarlik qilgan, bosh rolni ijro etgan Viven Li asosiy nomzodlar qatorida boʻlmagan.
Film bosh qahramon obrazini kim gavdalantirishi aniq boʻlmay turib suratga olina boshlagan. Atlantaning yoqib yuborilishi sahnasi suratga olinayotgan vaqtda Viven Li rejissyorning yoniga kelib qolgan, u aktrisa timsolida Skarlettni koʻra olgan va Vivenni darhol bosh rolga tasdiqlagan.

Оставьте комментарий