2022/2023 o‘quv yili qabuli

DO`STLARGA ULASHING:

2022/2023 o‘quv yili qabulida abiturientlarni ro‘yxatdan o‘tkazish 20 iyunidan 20 iyuliga qadar (20-iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

2022/2023 o‘quv yilidan:
  1. OTM, texnikum va kollejlarda, sirtqi va kechki ta’limda o‘qiyotgan xotin-qizlar kontraktlarini to‘lash uchun 7 yilga foizsiz kredit berish uchun banklarga byudjetdan har yili 1,8 trillion so‘m yo‘naltiriladi;
  2. davlat OTMlarida magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qoplab beriladi va bunga har yili kamida 200 milliard so‘m ajratiladi;
  3. xorijiy OTMlarga bakalavriat uchun – 50 nafar, magistratura uchun – 10 nafar xotin-qizlarga har yili «El-yurt umidi» jamg‘armasi orqali qo‘shimcha grantlar ajratiladi;
  4. har yili 2 100 nafar ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, etim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning ta’lim kontraktlari mahalliy byudjetdan to‘lab beriladi;
  5. mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan 500 nafar xotin-qizlar har yili Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomalariga asosan davlat OTMlariga umumiy kvotadan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi;
  6. davlat ilmiy tashkilotlari yoki OTM doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib boriladi.

2022/2023 o‘quv yili uchun OTMlarga qabul kvotalarini belgilashga oid prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unga ko‘ra, davlat buyurtmasi sonini kamaytirish taklif etilmoqda. Xususan, bakalavrlarni tayyorlash uchun 110 278 nafar (2021-yilda — 157 755), magistrlarni tayyorlash uchun 11 082 nafar (2021-yilda — 12 900) talabaga o‘rin ajratish ko‘zda tutilmoqda. Moliyaviy mustaqillik berilgan 35 ta OTM esa to‘lov-kontrakt asosidagi kvotani o‘zi belgilaydi.

Abiturientdan alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda kasbiy (ijodiy) imtihonlardan so‘ng majburiy 3 ta — ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha Davlat test markazi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.
  • Qonunchilik hujjatlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalariga imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan shaxslar umumiy qabul parametrlaridan tashqari qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.
  • Xorijiy fuqarolarni davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish belgilangan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi;
  • Magistratura (klinik ordinatura) mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul parametrlari asosida o‘qishga qabul qilingan abiturientlarning to‘lov-kontrakt summasi bir talabaga to‘g‘ri keladigan real xarajatlardan kelib chiqib, oliy ta’lim muassasasi tomonidan mustaqil belgilanadi.
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga abiturientlarni qabul qilishning umumiy sonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ravishda 2 foizli kvota ajratilgan. 

Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan hamda tavsiyanomaga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilarga imtiyozlar.

Оставьте комментарий