27-iyul Gamburger yaratilgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

27-iyul Gamburger yaratilgan kun
Biz bilamizki, Gamburger Amerikaning mashhur taomi hisoblanadi. 27-iyul 1900-yil amerikalik oziq-ovqat sotuvchisi Lui Lessing o’zining ona shahri Nyu-Heyvenda ilk gamburgerni sotgan. Aynan shu sotuvchi ikki dumaloq bulochkalarning orasiga an’anaviy nemis bifshteksini qo’yadi va sous, salat bargi bilan bezaydi. Gamburgerning aynan shunday ko’rinishi yangi hayotning oziq-ovqatlari belgisiga aylandi. 1904-yilda Sent-Luisda o’tkazilgan Butun jahon ko’rgazmasida Gamburgerlar yuqori mashhurlikni qo’lga kiritdilar. Biroq o’ttiz yil davomida amerikaliklar xot-doglarni, qovurilgan tovuqlarni va Italiya pitsasini hush ko’rganlar. 1930-yilda Uolter Anderson tomonidan gamburgerlar ovqatlanish taomnomasiga asosiy ovqat sifatida kiritildi. Wimpy Grills deb nomlangan kafeda gamburgerlar omadi yurishdi. Tez iste’mol qilish taomi mashhur bo’ldi. Gamburgerlarni arzon narxlarda sotishni boshladilar. Gamburgerlar tayyorlanishi tezlandi. Kafelarda har bir xaridor uchun 1 minutdan gamburger tayyorlandi. 1948-yilda gamburgerlarning eng omadli, biznes tarixi boshlandi. Koleforniya shahri San-Bernardinoda sutli kokteyllar aralashtiradigan mashina ixtirochisi Rey Krok va aka-uka Makdonaldlar uchrashib qolishadi. McDonald’s gamburgerlari shu tarzda paydo bo’lgan. Gamburgerlarni oddiy ovqatlanish joylarida va  restoranlarda ham iste’mol qilish mumkin. Gamburgerlarning mashhurligiga yana bir misol keltirib o’tamiz. Rossiya Prezidentining vaqtinchalik o’rnini egallagan Dmitriy Medvedevning Amerikaga tashrifida Amerika Prezidenti Barak Obama Dmitriy Medvedevni nonushtaga gamburger bilan mehmon qilgan.

11 комментариев к “27-iyul Gamburger yaratilgan kun”

  1. Уведомление: DevOps Solution Companies

  2. Уведомление: replicaswatches

  3. Уведомление: sbo

  4. Уведомление: live sdy

  5. Уведомление: สล็อตออนไลน์

  6. Уведомление: hillapple.bet

  7. Уведомление: earn passive income

  8. Уведомление: sbobet

  9. Уведомление: 토토굿게임

  10. Уведомление: freight forwarder china to usa

  11. Уведомление: https://intelliconnect.cch.com/scion/auth.jsp?AUTH_REDIRECT_URL=https://healinggreen.org/

Комментарии закрыты.