27 sentyabr– Xalqaro sayyohlik kuni

DO`STLARGA ULASHING:

1980-yildan 27-sentyabr Butunjahon Turizm kuni.
Bugun 27-sentyabr kuni O’zbekistonda ham Butunjahon turizm kuni keng nishonlanmoqda. O’zbekistonning turistik tashkilotlar Assotsiatsiyasi ushbu kunda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida turizm festivalini o’tkazmoqda, kechga borib esa «O’zbekturizm” milliy kompaniyasi o’zining ushbu sohada xizmat ko’rsatgan xodimlari uchun sayohatlar va dam olish soatlarini uyushtirmoqda. TDIU xalqaro turizm fakul’teti tashabbusi bilan tashkillashtirilgan. Turizm festivali doirasida O’zbekiston turizmiga bag’ishlangan «O’zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga turizm” tanlovi taqdimoti hamda turli nominatsiyalar g’oliblarini  taqdirlash marosimi, TDIU hududiy joylashgan «Ochiq osmon ostidagi muzey” bilan tarixiy-madaniy tanishuv turi, matbuot anjumani va tantanali miting o’tkazilishi rejalashtirilgan. Bayram tantanalarini musiqiy guruhlarning badiiy chiqishlari, milliy kostyumlar teatrining artistlari, o’zbek oshxonasining taomlar ko’rgazmasi va hunarmandlarning asarlari namoyishi bevosita to’ldiradi. Tashkilotchilarning fikricha, festivalning o’tkazilishi yoshlar tomonidan qilingan loyihalar va bu sohadagi ma’rifiy dasturlar  turbiznes aloqalarini va turistik bilimlar tizimini mustahkamlaydi, turizm sektorining o’rnini va uning mamlakatimiz iqtisodiyotiga qo’shgan hissasini ta’kidlaydi. Butunjahon turizm kuni (World Tourism Day) 1979-yilda UNWTO uchinchi Bosh assambleyasida Torremolinos ispan shahrida tasdiqlangan, 1980-yildan ushbu kun turli turli shiorlar ostida nishonlanib kelinmoqda. Joriy yilda Butunjahon turizm kunining  rasmiy tantanalari «Turizm madaniyatni birlashtiradi” shiori ostida Misrdagi Asuan deb nomlangan shaharda bo’lib o’tmoqda, 2010-yilda esa ushbu kun Xitoyda «Turizm va bio xilma-xillik” shiori ostida qayd etilgan. Tashkilotchilar ushbu bayramga barcha qiziqqan fuqarolarni taklif etib, mamlakatimizda  turizmni rivojlantirishga muvofiqlashtiradi.

20 комментариев к “27 sentyabr– Xalqaro sayyohlik kuni”

  1. Уведомление: Htrk On Chaturbate

  2. Уведомление: Credit Sans InteretCredit Sans Interet

  3. Уведомление: Goteborg dating

  4. Уведомление: psilocybin mushrooms in ohio​

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: สล็อต

  7. Уведомление: เอสบีโอเบท

  8. Уведомление: slot gacor deposit pulsa 5000 tanpa potongan

  9. Уведомление: Discount on Viagra

  10. Уведомление: Buy Guns Online

  11. Уведомление: find more information

  12. Уведомление: you can check here

  13. Уведомление: you can find out more

  14. Уведомление: download private facebook video

  15. Уведомление: credit card debt

  16. Уведомление: avença informática

  17. Уведомление: Ventilatoare industriale

  18. Уведомление: 다시보기

  19. Уведомление: Testing Automation platform

  20. Уведомление: tv size

Комментарии закрыты.