28-avgust Taniqli musavvir Ro‘zi Choriyev tavallud topgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

Bugun 28-avgust Taniqli musavvir Ro‘zi Choriyev tavallud topgan kun.

Ro’zi Choriyev 1931 yilda Surxondaryo viloyati Sherobod tumani Poshxurt qishlog’ida tug’ilgan. Zarabog’, Boysun, Surxon, Termiz bolalar uyida tarbiyalangan.

1959 yili Respublika rassomchilik bilim yurtini, 1965 yilda esa Sankt -Peterburgdagi Le Repin nomidagi nafis san’at haykaltaroshlik va arxitektura institutini tugatib, Toshkentga qaytadi.

Ish faoliyatini 1966 yili Nizomiy nomli Toshkent Davlat Pedagogika institutining tasviriy san’at bo’limida boshlagan.

1975 yildan O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi, 1976 yildan esa O’zbekiston xalq rassomi. Hamza nomidagi davlat mukofoti sovrindori (1985). O’zbekiston o’z mustaqilligiga erishgach, 2000 yilda musavvir «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirlandi.

Оставьте комментарий