3D yoki grafik dizaynerlarga qanday kompyuter kerak?

DO`STLARGA ULASHING:

3D yoki grafik dizaynerlarga qanday kompyuter kerak?

3D yoki 2D formatdagi model yoki dizaynlarni yaratishda qoʻllaniluvchi 3D Max, Maya, Blender, Photoshop, Illustrator kabi dasturlarda ishlash uchun kamida quyidagi konfiguratsiyalik kompyuter kerak boʻladi.

— RAM (ОЗУ) 12 Gb (16 boʻlsa yana-da yaxshi).

— CPU (Процессор) Intel i5, 9-avlod (yoki undan yuqori).

— SSD 120 Gb.

— HDD (жесткий диск) 500 Gb.

— Grafik karta (GPU). Buni juda koʻp turi bor. GeForce GTX 1650 Msi tavsiya qilaman. Yoki byudjetingizga qarab unday yaxshiroqlarni ham olishingiz mumkin.

Dizaynerlik uchun RAM va Grafik karta qancha kuchli boʻlsa shuncha yaxshi. Monitorga ham eʼtibor qarating, katta va sifatlik monitor boʻlsa dizaynda juda qoʻl keladi.

Bunday kompyuter (desktop/stolniy) taxminan $700-$750 lar atrofida turadi. Oʻz kelajagingiz uchun oʻzingizga sarmoya deb hisoblayverasiz.

👉 @ITStarsUz

Оставьте комментарий