720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor?

DO`STLARGA ULASHING:

720p, 1080p, 4K nima va ular o‘rtasida qanday farq bor? (https://telegra.ph/file/af61998eb9b80cf0b67c9.png)🤔

1️⃣. 720p

Bunda tasvir kattaligi eniga 1280, bo‘yiga esa 720 ta pikseldan iborat bo‘ladi.
Aslida, HD (yuqori tiniqlik) formati bo‘lgan 720p video kontent rezolyusiyasi, videokameraning tasvir yozish imkoniyati hamda displeyning piksel o‘lchamlarini ham ifodalaydi. 720p, tabiiyki, 1080p’dan quyiroq rezolyusiya hisoblanadi va undan ko‘ra kamroq detalga ega bo‘ladi.

2️⃣. 1080p

1080p rezolyusiyaga ega videoda tasvir eniga 1920, bo‘yiga esa 1080 ta pikseldan tarkib topgan bo‘ladi. Ba’zi hollarda 1080p rezolyusiyasi 1920 x 1080 piksel bo‘lgan displeylarni ham ifodalaydi. Rasmlar haqida gap ketganda 1080p’ga ko‘zingiz tushsa, bu 2 megapikselni anglatayotgan bo‘ladi.

3️⃣. 4K

4K formatdagi tasvir eniga 3840, bo‘yiga 2160 ta pikseldan iborat bo‘ladi. Video yozuv, video kontent va displeyga oid termin sifatida 4K’ni yana Ultra HD (UHD) deyish ham mumkin. “4K” atamasi tasvirning eniga joylashgan piksellari sonidan olingan. Biroq 720p va 1080p’larning nomlanishi tasvirdagi bo‘yiga joylashgan piksellar miqdoridan kelib chiqqan. 1080p bilan taqqoslaganda, 4K ham bo‘yiga, ham eniga ikki karra ko‘proq detalga ega. Megapiksel haqida gap ketganda, 4K 8 megapiksel bo‘ladi.

4K’dan keyingi kattalikdagi rezolyusiya esa 8K. Bu haqda keyingi maqolalarimizda batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

📝 Mirzohidbek @terabaytuz

Оставьте комментарий