Men uylanmoqchi bo’lgan qizda miopiya bor ekan. Uylansam bo’ladimi?

DO`STLARGA ULASHING:

Men uylanmoqchi bo’lgan qizda miopiya bor ekan. Uylansam bo’ladimi?

Negadir bu savolni asosan yigitlar beradi. Qizlardan juda kam eshitasan. ”Bir yigit sovchi qo’yyapti, lekin ko’zoynak taqar ekan degan. Turmushga chiqsam bo’ladimi?” degan savolni 🤔

Aholining 25% gacha bo’lgan qismida miopiya borligi ma’lum (12-27%). (https://link.springer.com/chapter/10.1007/978-981-13-8491-2_2) Bu degani har 4 tadan 1 ta odamda degani va bu ko’rsatkich borgan sari ortib boradi. 2050 yilga kelib dunyo aholisining 50% qismida bu muammo bo’lishi kutilmoqda. Xullas qochib qutula olmaymiz bundan.

Miopiyasi bo’lsa turmush qursa bo’ladimi? Albatta bo’ladi. Miopiyasi yoki ko’zoynagi bor ekan deb yaxshi turmush o’rtog’idan quruq qolib o’tirish yaxshi emas yigitlar.

Miopiya turmush qurishga va farzand ko’rishga hech qanday to’siqlik qilmaydi. Miopiyasi bor ayollar TABIIY VAGINAL YO’L BILAN TUG’SA BO’LADI.

Homilador ayolda miopiya borligi KESARCHA KESISHGA KO’RSATMA EMAS.

Agar ayolda miopiya bo’lsa farzandga o’tishi mumkinmi? Ha, mumkin. Shu bilan birga ota-onada miopiya bo’lmasa ham bolada miopiya rivojlanishi mumkin. Miopiya rivojlanish sababi faqat ayolga bog’liq emas. Yana nima nasldan o’tishi mumkin bilasizmi? Otadagi bilimsizlik.

Bek Olimjon (https://t.me/DrBekOlimjon)
Norvegiya
14.12.23g

Оставьте комментарий