ORQA CHIQARUV KANALIDAN QON KETISHI

DO`STLARGA ULASHING:

ORQA CHIQARUV KANALIDAN QON KETISHI
Erkaklarda orqa chiqaruv kanalidan qon ketishining turli tuman sabablari mavjud. Koʻpincha orqa kanaldan qon ketishi yoʻgʻon ichaklarning pastki qismida uchraydigan kasalliklar yoki uning jarohatlanishi natijasida yuzaga chiqadi. Ammo, bunday holat oshqozon-ichak tizimiga bogʻliq boʻlmagan boshqa kasalliklar sababli ham kuzatilishi mumkin.
Qon ketishi sabablari
Xoʻsh orqa chiqaruv yoʻlidan nima sababdan qon keladi, ich kelgandan keyin yoki ich kelishidan avval qon kelishiga sabab nima, bunday vaziyatda qanday chora tadbirlar qilish kerak, qaysi shifokorga murojaat etish zarur? Bu kabi savollarga quyida javob topasiz degan umiddamiz.
Orqa chiqaruv kanalidan ich kelayotgan vaqtda yoki ich kelishidan avval qon kelishi, ogʻriq boʻlishi yoki boʻlmasligi, qorin sohasida ogʻriq kuzatilishi, ichki kiyimlarda yopishqoq shilliq ajralib turishi shifokor huzuriga borish uchun sabab boʻla oladi.
Bunday holatga sabab oddiy shilliq qavatlar yormasi, gemarroy yoki ogʻir holatlarda ichak saratoni, leykoz va boshqa inson hayotiga xavf soluvchi kasalliklar boʻlishi ham mumkin.
Ammo, orqa kanaldan qon ketishida tez tibbiy yordam chaqirish uchun asos boʻla oladigan holatlar ham mavjud. Ular quyidagilar boʻlishi mumkin:
  • Qon ketish bilan birgalikda tana harorati koʻtarilishi, qorin sohasida kuchli ogʻriq;
  • Anusdan ketayotgan qon sababli bemor umumiy ahvolining ogʻirlashuvi, es-xushning buzilishi, umumiy holsizlik kuzatilsa;
  • Anusdan qon ketishi bilan bir qatorda teri osti qavatiga ham qon quyilishi (jarohatlar roʻy bermasa ham qon toʻplanishi), burundan qon ketish holatlari qoʻshilishi;
  • Ketayotgan qonning laxtalanishi, qon hajmining koʻpligi, qon yoʻqotish tufayli hayotga xavf tugʻilishga shubha qilish;
  • Agar qon ketish koʻngil aynishi, qayt qilish bilan birgalikda kuzatilsa, qusuq massasida ham qon aniqlansa.
Yuqorida sanab oʻtilgan holatlarning barchasi inson hayoti uchun xavfli boʻlgan jarayonlar hisoblanadi, ular jarohat olish, infeksion yoki somatik kasalliklarning oʻtkir davri uchun xos boʻlib, bunday vaziyatda mustaqil ravishda davo choralarini koʻrmaslik zarur va tez tibbiy yordamga murojaat etish talab etiladi.
Orqadan qon ketishi qaysi kasalliklar belgisi boʻlishi mumkin?
Orqa chiqaruv kanalidan ich kelayotgan vaqtda qon ketishi – koʻpgina kasalliklar simptomi boʻlishi mumkin. Anamnez yigʻishda qon ketishi ich kelayotgan vaqtda yoki ich kelishidan oldin roʻy beradimi, ogʻriq sindromi boʻladimi yoki yoʻqmi, qon rangi toʻq yoki ochmi kabi savollarga aniqlik kiritib olishi zarur.
Toʻq qizil rangdagi qon ich kelayotgan vaqtda ketsa bu toʻgʻri ichak pastki qismlaridan, agar qon rangi juda toʻq, qora rangli axlat bilan birgalikda ketsa bu oshqozon-ichak tizimi yuqori qismlarida biror bir patologiya borligidan dalolat beradi.
Qon ketish sabablarida inson jinsining ahamiyati aytarli rol oʻynamaydi. Ammo, ayollarda homiladorlik vaqtida venoz qon tomirlarda qon dimlanishi hisobiga qon ketishi tugʻruq jarayoni boshlanishiga belgi boʻlishi mumkin.
Gemorroy (bavosir)
Kasallik koʻpincha yoshi katta insonlarda uchraydi (40-50 yoshlarda), ayollarda koʻpincha tugʻruqdan keyin yoki homiladorlik vaqtida yuzaga chiqadi. Homiladorlik jarayoni organizmda gormonal disbalans bilan kechadi, bu esa qon tomirlar devori elastikligiga oʻz taʼsirini oʻtkazadi, homilaning oshqozon-ichaklarni ezishi, hazm jarayonining buzilishi, ich kelishining oʻzgarishi, ich qotishi va kuchanish anal kanali atrofidagi venoz kavernalarning kengayishiga sabab boʻladi.
Kasallik koʻpincha tugʻruqdan keyin oʻz belgilarini namoyon eta boshlaydi. Bunda gemorroy tugunlari yalligʻlanishi yoki trombozga uchrashi mumkin. Ich qotishi esa jarayonni yanada murakkablashtiradi.
Bunda ich kelgan vaqtda toʻgʻri ichak pastki qismlaridagi kengaygan venoz kavernalardan qon ketadi, ogʻriq sindromi kuzatiladi, anal kanali qichishadi va diskomfort hissi yuzaga keladi.
Kasallikning birinchi darajasi belgilarsiz kechishi mumkin, shunchaki ich kelgan vaqtda diskomfort hissi seziladi. Ammo, gemorroyning oxirgi darajalarida kengaygan venoz kavernalarda doimiy qon ketadi, surunkali anemiya rivojlanadi va bunday holat jarrohlik amaliyotini oʻtkazishni talab etadi.
Ketayotgan qon hajmi kasallikning darajasiga bogʻliq: ilk darajalarda qon koʻp hajmli boʻlmaydi, ammo oxirgi darajaga yetganda ketayotgan qon hajmi koʻp, bemor umumiy ahvoli ogʻirlashuviga ham sabab boʻlishi mumkin. Davo muolajalari proktolog tomonidan amalga oshiriladi, kasallikning eng samarali davosi jarrohlik amaliyoti hisoblanadi.
Anal yormalari
Anal kanali atrofida yoki shilliq qavatida yormalar rivojlanishiga sabab surunkali ich qotishidir. Kasallik tashxisoti asosan anamnez yigʻish va vizual koʻruv, palpatsiya yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bemorda kuchli ogʻriq, najasda kam miqdorda qon tomchilari aniqlanadi.
Kasallik davosi ich kelishini yaxshilash, ogʻriq qoldiruvchi, regeneratsiyani kuchaytiruvchi va sfinkter mushaklarini boʻshash turuvchi preparatlar qoʻllash bilan amalga oshiriladi. Bunda ovqatlanish ratsionini toʻgʻirlash, ich qotmasligiga harakat qilish, anal kanali shaxsiy gigiyenasiga rioya etish ham kasallik profilaktik chora tadbirlariga qatoriga kiradi. Bu kabi amaliyotlar bajarilmasa medikomentoz davo samara bermaydi. Anal yormalari kuchli ogʻriq beradigan boʻlsa jarrohlik amaliyoti oʻtkaziladi.
Ichaklarning yalligʻlanish kasalliklari
Nospetsifik yarali kolit va Kron kasalligi belgilaridan biri anal kanalidan qon kelishidir. Bundan tashqari qorin sohasida ogʻriq, ich kelishining buzilishi, najasning suyuq va qonli kelishi, yondosh kasalliklar rivojlanishi ham kuzatiladi (artrit, dermatit, jigar disfunksiyasi).
Bu kabi kasalliklar tizimli davo muolajalari talab etadi, aks holda saraton kasalliklari rivojlanish ehtimoli juda yuqori boʻladi. Medikomentoz davoda gormonal preparatlar, immun hujayralar aktivligini pasaytiruvchi va ogʻriq qoldiruvchi preparatlardan foydalaniladi. Ovqat hazm qilish jarayonini va ich kelishini normallashtirish kerak boʻladi.
Ichak va tizimli infeksion kasalliklar sababli qon ketishi
Infeksion kasalliklar natijasida ham anal teshigidan qon kelishi koʻp uchraydi. Masalan, enterovirus va rotaviruslar sababli ayniqsa erkaklarda qon ketishi koʻp qayd etiladi, bunga sabab ichak shilliq qavatining qoʻzgʻalishi, uning yalligʻlanishi va eroziyalarning shakllanishidir. Bunda qon ich kelishiga bogʻliq boʻlmagan holatda ham kelishi mumkin.
Qorin tifi, dizenteriya, gemorragik isitma natijasida qon formulasining oʻzgarishi va massiv darajada ichki qon ketishlar, orqa chiqaruv kanalidan ham qon ketishiga sabab boʻladi. Bunday holatda zudlik bilan tibbiy yordam koʻrsatilishi va bemorlar izolatsiyalanishi shart (epidemik izolyatsiya). Bu kabi holatlarda oʻlim kuzatilish ehtimoli juda yuqori boʻladi.
Gelmentlar invaziyasi
Ichaklarda parazitlarning koʻp toʻplanishi natijasida shilliq qavatlar butunliging buziladi, bu esa jarohatlangan sohadan qon ketishiga sabab boʻladi. Bemor umumiy ahvoli sekin asta yomonlashib boradi va surunkali anemiya rivojlanishi ham mumkin.
Parazitar kasalliklarda organizm umumiy immuniteti susayadi, allergik reaksiyalar namoyon boʻladi, respirator virusli-bakteriologik kasalliklarga moyilllik ortadi, ichki aʼzolarda disfunksiya holati kelib chiqadi. Gelmentlar invaziyasi tufayli qon ketishi aniqlangan vaqtda bemorlar statsionar sharoitda davolanishlari zarur.
Orqa chiqaruv kanalidan qon ketsa qaysi mutaxassisga murojaat etish kerak?
Agar ketayotgan qon hajmi koʻp boʻlmasa, bemorning umumiy ahvoli ogʻirlashmasa, zudlik bilan shifoxonaga olib borish uchun yuqorida sanab oʻtilgan asoslar bemorda kuzatilmasa, bemorlar terapevt va proktolog koʻrigidan oʻtishlari mumkin. Zarurat tugʻilsa infeksionist, gastroenterolog va boshqa mutaxasisslar tavsiyasi ham kerak boʻladi.
Baʼzida najasda aniq qon tomchilari koʻrinmasligi mumkin, agar oshqozon-ichak tizimining yuqori qismlaridan qon ketayotgan boʻlsa, to anal kanaliga kelgunicha qon najas bilan aralashadi va najasning rangi toʻq qora tusda boʻladi.
Qon ketish sababini aniqlashda quyidagi tekshiruvlar amalga oshirilishi mumkin:
  • Retroskopik tekshiruv;
  • Kolonoskopik tekshiruv;
  • Irrigoskopik tekshiruv (ichaklarga kontrast modda yuborilib rentgenografiya oʻtkazish);
  • Gastroduodenoskopiya;
  • Laproskopik tekshiruv.
Najasda kam miqdorda qon boʻlishi xavfli kasallik belgisi emas. Ammo, bu kabi holatni oʻz vaqtida aniqlamaslik va davolamaslik, yoki mustaqil ravishda davolash kasallikning ogʻir darajalariga oʻtib ketishi olib keladi. Bunday vaziyatda bemor hayotiga xavf tugʻilishi ham mumkin.
Orqa chiqaruv kanalidan qon ketishining koʻp uchraydigan sabablari:
Oshqozon-ichak
tizimi kasalliklari
Infeksion-parazitarkasalliklar Qon va qon ivish tizimidagi kasalliklar
Gemorroy, anal kanali
yormalari, jarohatlar;
Enterovirus, rotovirus infeksiyasi; Leykemiya;
Gastritning eroziv shakli,
oshqozon shilliq qavatidan yara tufayli qon ketishi;
Dizenteriya, qorin tifi, gemorragik isitma, salmonellez; Leykozlar;
Qiziloʻngach venalari
varikoz kengayishi;
Ichaklarning jinsiy yoʻl bilan yuqadigan
infeksiyalar bilan zararlanishi;
Ichak tutqich qon tomirlarida
tromb hosil boʻlishi va boshqalar.
Jigar sirrozi asorati;Oshqozon-ichak tizimidagi oʻsmalar, poliplar;
Kron kasalligi, nospetsifik yarali kolit;Ichaklarning sil (tuberkulez) zararlanishi.
Gerpes virusininig taʼsiri;
Parazitlar invaziyasi natijasida qon ketish.
Oshqozon ichak tizimi kasalliklari (anal kanalidan qon ketishiga sabab boʻluvchi) differensial diagnostikasi
Somatik va infeksion kasalliklar natijasida oshqozon ichak traktidagi oʻzgarishlar va anal kanalidan qon ketishni differensatsiya qilish:
Kasallik/simptom 
Qon rangi, hajmi
Ich kelishining buzilishi
Yondosh belgilar
Toʻgʻri ichak venoz
kavernalar kengayishi – gemorroy
Toʻq qizil, hajmi koʻp emas.
Ich qotishi (baʼzida)
Qichishish,
orqa anal sohasida ogʻriq
Anal kanali shilliq
qavatlar yormasi.
Kam hajmda toʻq qizil
Ich qotishi
Anus sohasida
kuchli ogʻriq
Oshqozon yarasi
Rangi toʻq (qora), kam hajmda, baʼzida koʻp hajmda
Najasning qora tusdaligi va qattiqlashuvi
Oshqozon sohasida
ogʻriq
Ichak saratoni,
polip
Toʻq jigarrang, hajmi koʻp
Ichak tutilishi hisobiga ich kelmasligi (oxirgi bosqichlarda), yolgʻon chaqiriqlar
Qiziloʻngach venalari
butunligi buzilishi
Boshlangʻich bosqichida koʻp hajmda emas, keyinchalik qon hajmi ortadi
Najasning qattiqlashuvi.
Jigʻildon qaynashi,
diskomfort hissi
Infeksion-parazitar
kasalliklar
Toʻq rangli, kam hajmda
Koʻpincha ich ketishi
Kron kasalligi,
nospetsifik yarali kolit
Doimiy najas bilan suyuq qon kelishi
Ich kelishininigkoʻpayishi, suyuq boʻlishi
Ogʻriq sindromi,
teri va boʻgʻimlardagi
oʻzgarishlar

14 комментариев к “ORQA CHIQARUV KANALIDAN QON KETISHI”

  1. Уведомление: Chaturbate Beautiful Teen Girl

  2. Уведомление: role of cloud in digital transformation

  3. Уведомление: คาสิโนออนไลน์เว็บตรง

  4. Уведомление: fake watches

  5. Уведомление: buy heroin North Carolina

  6. Уведомление: explorer

  7. Уведомление: marijuana withdrawal symptoms

  8. Уведомление: this article

  9. Уведомление: Dividend-paying stocks

  10. Уведомление: ebony bbw creampie

  11. Уведомление: buy ma huang herb

  12. Уведомление: แทงหวย

  13. Уведомление: Bilad Alrafidain

  14. Уведомление: รับทำ Google Ads

Комментарии закрыты.