BOLANING IMUNITETI TUSHIB KETISHINI OLDINI OLAMIZ

DO`STLARGA ULASHING:

🙇🏻‍♂️BOLANING IMUNITETI TUSHIB KETISHINI OLDINI OLAMIZ

Bola immuniteti tushib ketishi onalarni havotirga soladi. Immunitetni oshirish yoʻllarini qidira boshlaydi. Kasalni davolagandan koʻra uni oldini olgan maʼqul degan gap bekorga aytishmagan. Bolani immunitetini oshirish haqida o’ylashdan oldin, uni pasayib ketmasligi haqida qayg’urish lozim.

Sog’lom bola tug’ilganida tabiiy ravishda o’zining immunitetiga ega bo’lib, bu immunitet unga onasidan va ona sutidan o’tadi va bolani ilk 6oydan 18 oyigacha himoya qilishi mumkin. Keyinchalik esa bolani chiniqtirish, jismoniy mashqlar bajarish va vitaminlarga boy taomlar isteʼmol qilish orqali bu immunitetni shakllantirish kerak boʻladi

Afsuski, ba’zi onalar chaqalogʻini shamollab qolishidan qoʻrqib bolani haddan tashqari oʻrab chirmab tashlaydilar. ana shu tabiiy immunitet kuchini buzib yuboradilar. Natijada bola 1 yoshiga to’lmay turib bir necha bor qattiq kasal bo’lishga ulgurib oladi. Buning oqibati esa u nimjon, immuniteti past bo’lib katta bo’ladi.
Kasalni davolagandan uni oldani olgan yaxshi degan gap aynan shu mavzuga toʻgʻri keladi.

‼️Immunitetni oshirish yo’llarini o’rganishdan oldin, bolaning tabiiy immunitetini tushib ketishini oldini olgan maʼqul.

Quyida bolani imuniteti tushib ketmasligi uchun bir necha tavsiyalar bilan tanishing 👇

❗️Chaqaloqni shamollab qolishidan qoʻrqib, haddan ziyod qalin kiyintirmang. Siz kiygan kiyimdan bittaga ko’proq kiyimda bo’lsin;

❗️Konditsionerdan qo’rmang. Kuni bilan xonada bir darajani ushlab tursangiz, bola konditsioner salqinidan shamollamaydi. Lekin bolani terlatib keyin birdaniga konditsioner yoki ventilyator yoqsangiz albatta teri qotmagan badani sovuq qotadi; kn

❗️Ona sutini emayotgan bolalar immuniteti sunʼiy ovqatlantirayotgan bolalar immunitetiga nisbatan kuchliroq boʻladi;

❗️Qanday fasl bo’lishidan qat’iy nazar bolani har kuni ko’chaga olib chiqib, quyosh vannalari qiling;

❗️Uyda chaqaloqga shapka kiydirmang;

❗️Bola tez-tez terlaydigan bo’lsa(ba’zida bola isib ketgani uchunmas, boshqa sabablar bilan terlab turadi), u holda kiyimini tez-tez almashtirib turing, hoʻl kiyimda qolmasin;

❗️Bolani burni to’lib qo’layotgandek tuyulsa, u shamolladi deyishga shoshilmang. Chaqaloq burni ko’pincha quruq havodan bitib yoki to’lib qo’ladi. Uyni haddan tashqari isitib yuborayotgan bo’lishingiz mumkin. Bu esa havoni qurutib yuboradi.

❗️Chaqaloqlik uyda namroq havo bo’lgani ma’qul. Honani tez tez shamollatib turing;

❗️Yelvizakdan bolani asrang.

❗️Bir yoshgacha bola shamollab qo’lsa, kuchli dorilar va antibiotiklar berishga shoshilmang.Shifokor kuchli dori berayotgan bo’lsa, boshqa shifokor bilan maslahatlashib ko’ring. Bolada haqiqattan shunday kuchli dori ichish darajasida kasalmi yoki bu shifokorning xatosi ekanligini aniqlab, keyin davolang. Antibiotiklar immunitetni sezilarli darajada tushurib yuboradi;

❗️Bolani yoz kunlari kamida kun-ora, sovuq qish kunlarida haftada 2 marta cho’miltirishga odatlaning. Suvni bolaning o’zi ham badani ham xush ko’radi.

❗️Bolani ko’proq ko’tarib yuring. Bola qanchalik ko’p onasini bag’rida bo’lsa, shuncha u sog’lom o’sadi.

Agar ushbu kichik maslahatlarga amal qilsangiz, bola 1 yoshiga to’lguniga qadar deyarli kasal bo’lmaydi. 1 yoshdan keyin esa bolaning immuniteti asta sekin koʻtarilib boradi.

@YOSH_ONALARGA_MASLAHATLAR

Оставьте комментарий