Muchal yil hisobi haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Muchal yil hisobi haqida
Muchal 12 hayvon nomi bilan ataladigan yil hisobi bo’lib, qadimda yaponlar, koreyaliklar, mo’g’ullar, xitoylar va turk xalqlari ko’p asrlar davomid
hisobga amal qilganlar. 12 muchal yili haqida Abu Rayhon Beruniy, Ulug’bek asarlarida ham ma’lumotlar bor.
Muchal kalendari 22-martdan boshlanadi. Yanvar, fevral va 21 martgacha bo’lgan davr oldingi muchal yili hisobiga kiradi.
Odam yoshini muchal yil bilan hisoblaganda hisobga yana hir yil qo’shiladi. Odam yoshi ona qornidaligidan boshlab hisoblanadi.
O’n ikki yillik muchal kalendari quyidagi tartibda hisoblanadi:
birinchi yil — sichqon (mush),
ikkinchi yil — sigir (baqar),
uchinchi yil — yo’lbars (pa
to’rtinchi yil — quyon (xargush),
beshinchi yil — baliq (nahang),
oltinchi yil — ilon (mor),
yettinchi yil — ot (asp),
sakkizinchi yil — qo’y (go’sfand),
to’qqizincbl yil — maymun (hamduna),
o’ninchi yil — tovuq (murg’),
o’n birinchi yil — it (sak) va
o’n ikkinchi yil — to’ng’iz (ho’k).
Muchal yil oylari osmondagi o’n ikki yulduz turkumi — o’n ikki burj nomi bilan ataladi. Birinchi oy — hamal, ikkinchi oy — savr, uchinchi oy — jav
to’rtinchi oy — saraton, beshinchi oy — asad, oltinchi oy — sunbula, yettinchi oy — mezon, sakkizinchi oy — aqrab, to’qqizinchi oy — qavs, o’nin
jaddiy, o’n birinchi oy — dalv va o’n ikkinchi oy — hut.

Muchal va milodiy yillar nisbati
Muchal yili Milodiy yillar
Sichqon 1936 1948 1960 1972 1984 1996 2008 2020 2032 2044 2056 2068
Sigir 1937 1949 1961 1973 1985 1997 2009 2021 2033 2045 2057 2069
Yo’lbars 1938 1950 1962 1974 1986 1998 2010 2022 2034 2046 2058 2070
Quyon 1939 1951 1963 1975 1987 1999 2011 2023 2035 2047 2059 2071
Baliq 1940 1952 1964 1976 1988 2000 2012 2024 2036 2048 2060 2072
Ilon 1941 1953 1965 1977 1989 2001 2013 2025 2037 2049 2061 2073
Ot 1942 1954 1966 1978 1990 2002 2014 2026 2038 2050 2062 2074
Qo’y 1943 1955 1967 1979 1991 2003 2015 2027 2039 2051 2063 2075
Maymun 1944 1956 1968 1980 1992 2004 2016 2028 2040 2052 2064 2076
Tovuq 1945 1957 1969 1981 1993 2005 2017 2029 2041 2053 2065 2077
It 1946 1958 1970 1982 1994 2006 2018 2030 2042 2054 2066 2078
To’ng’iz 1947 1959 1971 1983 1995 2007 2019 2031 2043 2055 2067 2079
I z o h: Muchal yili — 21-martdan kelgusi yilning 20-martigacha.
BurjlarAlgoritm: Yilning muchalini topish uchun 4 ni ayirib 12 ga bo’linadi. Qoldiqqa qo’shilsa, muchal raqami chiqadi.
T.r Arabcha
atalishi
o’zbekcha
atalishi
Burj
belgisi Hozirgi hisobda O’zbekcha maqollari
1. Hamal Qo’y 21-mart — 21-aprel Hamal kirdi — amal kirdi
2. Savr Sigir 22-aprel — 21-may Savrning sanog’ida qishning yog’ini bor. Savr
— ekinga davr
3. Javzo Egizak qiz 22-may — 22-iyun Javzoning yarmida suv tagida arpa pishar
4. Saraton Qisqichbaqa 23-iyun — 22-iyul Saratonda suv qo’y, asadda tek qo’y
5. Asad Arslon 23-iyul — 22-avgust Asad — ekiningni yasat. Asadda oralab ye,
sunbulada — saralab
6. Sunbula Boshoq 23-avgust — 23-sentabr Sunbulada suv sovir, mezonda — kun
7. Mezon Tarozi 24-sentabr — 22-oktabr Hamaldan so’ng qish kutma, mezondan
so’ng — yoz
8. Aqrab Chayon 23-oktabr — 22-noyabr Aqrab kelar hayqirib, ayozini chaqirib
9. Qavs Yoy 23-noyabr — 22-dekabr Qavsda ekkuncha, qovurmoch qil
10. Jaddiy Tog’ echkisi 23-dekabr — 22-yanvar Jaddiyda yilingni cho’t qil, yangi rejangni but
qil
11. Dalv Qovg’a 23-yanvar — 21-fevral Dalv keldi — dehqonga gal keldi
12. Hut Baliq 22-fevral — 21-mart Yaxshi kelsa hut, xurma-xurma sut, Yomon
kelsa hut, keragida put
I z o h: Burjlar — Quyoshning osmon qubbasi yo’lida joylashgan yulduz turkumlari. Shamsiy yilning birinchi oyi — Hamal Navro’z bayrami
nishonlanadigan bahorgi tengkunlik kunidan boshlanadi. Saratonning boshi — eng uzun kun. Mezonning boshi — kuzgi tengkunlik. Jaddiyning
eng qisqa kunga to’g’ri keladi.

5 комментариев к “Muchal yil hisobi haqida”

  1. Уведомление: Fresh X Doll Ts Chaturbate

  2. Уведомление: sbobet

  3. Уведомление: maxbet

  4. Уведомление: DMT vape pen for sale online Australia

  5. Уведомление: magic mushrooms for sale online

Оставьте комментарий