La-Pas shahri, Boliviya

DO`STLARGA ULASHING:

La-Pas shahri, Boliviya 🇧🇴

Jahonning eng baland poytaxti va eng baland yirik shahar hududi bu La Pas shahridir. La-Pas Boliviyaning poytaxti bo’lib juda yuqori balandlikda — dengiz sathidan taxminan 11755 fut (3650 metr) balandlikda Markaziy And tog’larining Altiplano yassitogʻligida joylashgan. La-Pas bunday relyef sharoitida shakllangan jahondagi yagona “millioner” shahardir. La-Pas aglomeratsiyasida 2,3 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. La Pas shahrining bir qismi hisoblanadigan El-Alto (Ispancha «balandliklar») shahri La-Pasning g’arbida joylashgan bo’lib haqiqatan ham juda yuqori nuqtada 4100 metr balandlikda joylashgan. El-Alto shahrida 1,2 million kishi istiqomat qiladi.

Оставьте комментарий