Palma Jumeria oroli, BAA

DO`STLARGA ULASHING:

Palma Jumeria oroli, BAA 🇦🇪

Palma oroli dunyoning sakkizinchi mo’jizasi deb nomlanadi. Bu inson tomonidan yaratilgan kosmosdan ko’rinadigan ikkinchi katta obyektdir. Birinchisi, bilganingizdek bu Buyuk Xitoy devori. Palma oroli Fors koʻrfazi tubidan qazib olingan qumlardan 2001-2006-yillarda barpo qilingan. Hozirgi kunda Palma orolida jami 1400 ta villalar, 32 mehmonxonalar faoliyat olib boradi. Orol qirg’oqlarining jami uzunligi 78 km. Avvaliga Jumeira orolida 120 ming kishi yashaydi deb taxmin qilingan edi, ammo Palma birinchi marta ommaga taqdim etilganda, 3 kun ichida barcha uylar sotilib, binolar sonini ko’paytirishga qaror qilindi. Dubay ma’murlari 2020-yilga kelib ushbu orolda 1,7 millionga yaqin odam yashashini rejalashtirmoqda.

Оставьте комментарий