Abusaid Koʻchimov (1951)

DO`STLARGA ULASHING:

Abusaid Koʻchimov 1951 yili Samarqand viloyatining Urgut tumanida tugʻildi. Oʻrta maktabni bitirganidan soʻng Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida oʻqidi. “Oʻqituvchi” nashriyotida musahhih, “Tong yulduzi” gazetasida muxbir, boʻlim mudiri, masʼul kotib va bosh muharrir, “Sharq yulduzi” jurnalida masʼul kotib, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, masʼul lavozimlarda ishladi. 1997–2005 yillarda Oʻzbekiston Davlat teleradiokompaniyasiga rahbarlik qildi.
Abusaid Koʻchimovning birinchi sheʼr va maqolalari matbuotda eʼlon qilinganida u oʻrta maktab oʻquvchisi edi. Keyinchalik uning “Kashfiyotchi bolalar” (1978), “Mening Oʻzbekistonim” (1979), “Toshburgut” (1981), “Mening yulduzim” (1984), “Chanoq” (1985), “Halqa” (1987), “Ikki bahor” (1990), “Umid daraxti” (1992) kabi kitoblari chop etildi. “Yosuman” (doston, 2000), “Baland togʻlar” (Saylanma, 2002), “Koʻzlarimning qarogʻidasan” (2006), “Muhabbat bogʻlari” (2008), “El suv ichgan daryo” (esselar, 2009), “Saylanma” (toʻrt tomlikning 1-jildi, 2011) sheʼriy asarlari nashr etildi; ikki qismli “Boychechak” (2001), toʻrt qismli “Baland togʻlar ortida” (2003) badiiy filmlari ekran yuzini koʻrdi.
U tabiatni eʼzozlash mavzuidagi turkum publitsistik maqolalari uchun YUNYeSKO mukofotiga sazovor boʻldi. “Halqa” kitobi uchun esa Yozuvchilar uyushmasining Gʻafur Gʻulom nomidagi yillik mukofoti bilan taqdirlandi.
Abusaid Koʻchimov ham shoir, ham nosir sifatida bolalar adabiyoti rivojiga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda. Agar u “Chanoq”, “Ikki bahor” kabi sheʼriy toʻplamlarida bolalar va oʻsmirlar hayotidan poetik lavhalar chizgan boʻlsa, hikoya va qissalardan iborat “Mening yulduzim”, “Halqa” majmualarida koʻproq qishloq hayoti, bolalar xarakteriga xos voqealarni tasvirlaydi.
A. Koʻchimov tarjimon sifatida qardosh xalqlar adiblarining bir qator sheʼr va hikoyalarini oʻzbek tiliga oʻgirdi. Oʻz navbatida uning asarlari ham xitoy, rus, qirgʻiz, turkman, qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan.
Abusaid Koʻchimov 1994 yili “Shuhrat” medali, 1999 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

12 комментариев к “Abusaid Koʻchimov (1951)”

  1. Уведомление: sitemap

  2. Уведомление: เงินด่วนได้จริง

  3. Уведомление: Alquiler de trasteros

  4. Уведомление: Buy American Eagle Rifle 223 Rem

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: sbo

  7. Уведомление: rich89bet

  8. Уведомление: 168moonlight

  9. Уведомление: pay off debt

  10. Уведомление: Golden Teacher Mushrooms on the market Australia New South Wales Sydney Perth.

  11. Уведомление: Testing Automation platform

  12. Уведомление: check my blog

Комментарии закрыты.