Antibiotiklar zarari xaqida.

DO`STLARGA ULASHING:

⚡️Antibiotiklar zarari xaqida.

Antibiotiklar tibbiyot erishgan mo‘jizalardan biri. 20 asrning eng ulkan yutug‘i antibiotiklar kashf qilinishi deyish mumkin. Agar ular bo‘lmaganida yer yuzi axolisi 7 milliard emas aytaylik, 4 mlrd atrofida bo‘lishi mumkin edi.

Ko‘p muxlislar antibiotiklarning zarari to‘g‘risida so‘rashgan. Aksariyat BAD dorilarni sotuvchilar aynan antibiotiklarni nishonga olishadi va zarari katta deyishadi.

Muammo shundaki antibiotiklarni joyiga qo‘yib ishlatadigan vrachlar taqchil. Agar ratsional antibiotik terapiya qilinsa foyda tarafi katta. Buning uchun :

—kasallikni qo‘zg‘atuvchi mikrobni ektirish va unga ta’sirchan antibiotikni aniqlash kerak,

— antibiotikni to‘g‘ri dozalanishi zarur

— antibiotikni almashlab tavsiya qilish texnikasini vrach bilishi zarur.

O‘zbekistonlagi tibbiy bilim yurtlardagi haminqadar darslar va korrupsiya tufayli o‘ziga yarasha vrachlar yetishib chiqmoqda.

Natijada, 20 asr mo‘jizasi — no‘noq qo‘llarda zaxarga aylanmoqda.

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek