“AutoCAD” dasturida ishlash bo’yicha qo’llanma

DO`STLARGA ULASHING:

 
“AutoCAD” dasturida ishlash bo’yicha qo’llanma
 
“AutoCAD” ishga tushirilgandan so’ng dastlab, chizma bajarish uchun dastur parametrlari o’rnatilishi lozim. Ushbu parametrlar o’qituvchi tomoidan o’rnatilib, talaba bevosita chizma topshiriqlarini bajara oladigan holatga keltiriladi.
Ish stoli quyidagi tartibda jixozlanishi mumkin:
Ushbu panellar zaruriy parametrlar bo’lib, ular yordamida o’quv kursining barcha topshiriqlari bajariladi. Ishchi oyna panellari bilan tanishib chiqsak.
  • Menu satri va Standart asboblar paneli bizga informatika fanidan tanish. Ularning aksariyat funksiyalari Windows qobig’ining barcha dasturlari (Wopd, Excel, Access) kabidir;
  • «Свойства» — xususiyatlar paneli chizma chiziqlari rangini, turini va qalinligini belgilab beradi.
Faol tugmalardan biri tanlansa interaktiv oyna ochiladi va unda kerakli parametrlar tanlanadi:
Chiziq turini tanlash tugmasi bosilganda uning ostida axborot oynasi ochilib dastlabki mavjud chiziq turlari ko’rsatiladi. Unda «Другой» — Boshqa bandi tanlanadi va «Диспетчер типов линий» — Chiziq turlari dispetcheri muloqot oynasi ochiladi. Muloqot oynasidagi «Загрузить» — Yuklash tugmasi bosilib, keyingi muloqot «Загрузка/перезагрузка типов линий» — Chiziq turlarini yuklash  oynasi ochiladi.
Ushbu faol oynadan kerakli chiziq turi tanlanib, “OK” tugmasi bosilsa bo’ldi. «Прокрутка» — varaqlagich dastaklar yordamida keyingi chiziq turlarini ko’rish mumkin. «Диспетчер типов линий» — Chiziq turlari dispetcheri muloqot oynasida ham “OK” tugmasi bosiladi.
Ob’yekt tushunchasi
AutoCAD dasturi bilan ishlashda ob’yekt tushunchasini to’g’ri aniqlab, tushunib olish lozim. Aytaylik Chizish asboblar panelidagi «Прямоугольник» — To’g’ri to’rtburchak  chizish buyrug’i asosida bajarilgan shaklni dastur bitta ob’yekt deb qabul qiladi. Aynan shu shakl «Отрезоk» — Kesma buyrug’i asosida bajarilsa dastur ushbu shaklni to’rtta ob’yekt deb qabul qiladi. Chunki birinchi usulda bitta buyruq bilan amal bajarildi, ikkinchi usulda esa to’rt marta to’g’ri chiziq chizish buyrug’i ketma – ket takrorlandi.
  1.                                        3.
  1. «Прямоугольник» — To’g’ri to’rtburchak chizish buyrug’i asosida bajarilgan to’rtburchak. (1 ta ob’yekt)
  2. «Отрезоk» — Kesma buyrug’i asosida bajarilgan to’rtburchak. (4 ta ob’yekt)
  3. Bitta ob’yektdan iborat shakllar.
Ob’yekt va ob’yektlarni tanlash
Ob’yektlarni tanlash odatda ularni tahrirlash uchun zarur.
Bitta ob’yekt tanlanishi uchun sichqoncha ko’rsatkichi ob’yekt chizig’i ustiga olib boriladi va sichqoncha chap tugmasi bosiladi.
Bir nechta ob’yektlarni baravariga tanlash uchun odatda dinamik ramkadan foydalaniladi. Dinamik ramka bu sichqoncha yordamida ob’yektlar guruxini to’g’ri to’rtburchak asosida tanlash demakdir. Buning uchun ob’yektlar perimetridan tashqi hududda sichqoncha chap tugmasi bosiladi va sichqoncha siljitib ko’k yoki yashil rangdagi to’g’ri to’rtburchak hosil qilinadi. Bunda ramka ob’yekt yoki ob’yektlarni o’z hududiga olishi kerak. Ob’yekt (ob’yektlar) to’g’ri to’rtburchak hududida joylashgandan so’ng yana sichqoncha chap tugmasi takroran bosiladi. Natijada ob’yekt (ob’yektlar) chiziq turi o’zgarib tanlanganligini bildiradi. Ramka esa yo’qoladi.
Ko’k ramka – ob’yektlar guruxidan kerakli ob’yektlar to’plamini ajratib tanlash uchun qo’llanadi. Faqat o’z hududiga to’liq kirgan ob’ektlargina tanlanadi.
Bunday tanlashda sichqoncha ko’rsatkichi 1 – nuqtadan 2 – nuqtaga qarab yo’naltiriladi.
Ko’k ramka asosida ob’yektlarni tanlash.                   Natija.
 
Yashil ramka – to’liq ob’yektlar majmuasini tanlashni nazarda tutadi. Bunda ob’yektning biron bir qismi ramka hududiga to’liq kirmagan bo’lsa ham ob’yekt (ob’yektlar) bari bir tanlanadi. Agarda ob’yekt (ob’yektlar) ramka hududidan to’liq tashqarida qolsa u holda ular tanlanmaydi.
Sichqoncha harakati 1 – nuqtadan 2 – nuqtaga qarab yo’naltiriladi.
Yashil ramka asosida ob’yektlarni tanlash.                      Natija.
«Текст» — Matn taxrirlash paneli.
Ushbu panelning asosiy funksiyasi matn yaratish va mavjud matnlarni tahrirlashdan iboratdir. Panelda bir qator ma’lum bir funksiyalarga ega bo’lgan interaktiv tugmalar mavjud.
  1. «Многострочный» — Ko’p qatorli matn kiritish.
  2. «Однострочный» — Bir qatorli matn kiritish.
  3. «Редактировать» —
  4. «Найти» —
  5. «Текстовые стили» — Matn turlari.
  6. «Масштаб» – Masshtab.
  7. «Выравнивание» —
  8. «Преобразовать в единицы другого пространства» — Boshqa muxit o’lchov birligiga o’tkazish.
 
 
  1. «Многострочный» — Ko’p qatorli matn kiritish.
Usbu faol tugma tanlanganda sichqoncha ko’rsatkichi matn kiritiladigan hududning dastlabki satrini bosh vaziyatini, tanlangandan so’ng esa oxirgi satrning matn tugatiladigan joyini belgilab berishni so’raydi. Ya’ni matn kiritiladigan hududni to’g’ri to’rtburchak shaklida yuqori chap burchagini va pastki o’ng burchagini belgilab berishni so’raydi. Ushbu jarayon bajarilgandan so’ng ekranda matnni kiritish uchun «Формат текста» qo’shimcha axborot oynasi ishga tushadi. Ushbu oynadagi aksariyat faol tugmalar bizga WINDOWSning boshqa dasturlaridan tanish. Quyida bizga notanish bo’lgan faol tugmalar funksiyasi bilan tanishib chiqsak.
  1. Bosh harflarni kichik harflarga va kichik harflarni bosh harflarga o’giradi.
  2. Kiritilayotgan matn ustida chiziq chizib borilishini ta’minlaydi.
  3. «Символ» — Belgi faol tugmasi. U orqali ko’plab belgilanishlarni kiritish mumkin. Masalan: diametr, radius, burchak, kvadrat, kub, delta va h…
  4. Harflarning og’ish burchagini belgilab beradi.
  5. Harflar orasidagi masofalarni belgilab beradi.
  6. Harflarni kengligini belgilab beradi.
 
 
  1. «Однострочный» — Bir qatorli matn kiritish.
Ushbu funcsiya bir qatorli so’zlarni, son va raqamlarni, belgilanishlarni kiritish uchun qo’llaniladi. Bu jarayon uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda matn kiritiladigan joy sichqoncha orqali tanlanadi. Ikkinchi bosqichda harf balandligi klaviatura orqali kiritiladi. Uchinchi bosqichda esa qatorning og’ish burchagi sichqoncha yoki klaviatura orqali kiritiladi.
  1. «Редактировать» — Tahrirlash tugmasi
Ushbu funksiya tanlanganda kursor ob’ektni tanlashni so’raydi. Sichqoncha kursori tayor matn ustiga keltirib bosilganda «Формат текста» oynasi ishga tushadi va matnni tahrirlash imkoniyati vujudga keladi. Ya’ni tuzatishlar, qo’shimchalar kiritish va h…
  1. «Найти» — Qidirish tugmasi
Interfaol tugma tanlanganda «Поиск и замена»- Qidirish va almashtirish axborot oynasi ekranga chiqariladi.
Ushbu oynaning «Строка для поиска bandiga qidirilayotgan matn, «Заменить на bandiga esa almashtiriladigan matn kiritiladi. So’ng «Найти» — Qidirish, «Заменить» — Almashtirish, «Заменить все» — Hammasini almash-tirish, «Выбрать все» — Hammasini tanlash,  «Зумировать» — Katta-kichiklashtirish faol tugma-lari aktivlashadi.  Ulardan ke-raklisi tanlanadi va «Зак-рыть» — Yopish tugmasi bosiladi.
  1. «Текстовые стили» — Matn uslublari
 
Ushbu tugma bosilganda ekranda «Текстовые стили» — Matn uslublari oynasi ishga tushadi. Shuni aytib o’tish joizki, matn kiritishdan oldin dastlab aynan shu oyna parametrlarini o’rnatib olish lozim.
Ushbu parametrlarga shrift turlari, o’lchami, turli vaziyatlarda ko’rinishi kiradi. Aks holda  Ko’p qatorli yoki Bir qatorli matn kiritish tugmalari bosilganda har safar matn turi va o’lchamini kiritishga to’g’ri keladi.
Endi ushbu oyna bandlari bilan tanishib chiqsak.
«Имя стиля» — Uslub nomi bo’limida ko’k rangli va Standard yozuvli oynacha mavjud. Undagi (v)ko’rsatkichi bosilganda faqat Standard yozuvi mavjudligi ko’rinadi. Bu AutoCAD dasturi o’zi tanlagan parametrligidan dalolat beradi. Agar biz yangi uslublarni yaratsak unda ularning nomi ushbu ko’rsatkichda ko’rinib turadi.
Keyingi aktiv tugma «Новый» — Yangi tanlansa yana bir interfaol oyna ochiladi – «Новый текстовый стиль» — Yangi matn uslubi. Unda «Имя стиля» — Uslub nomi oynasida yaratiladigan uslubga nom beriladi va “OK” tugmasi bosiladi. Shuningdek, ushbu bo’limda «Переименовать» — Qayta nomlash, «Удалить» — Yo’qotish tugmalari mavjud bo’lib, ular ham o’z navbatida yaratilgan uslubni qayta nomlash yoki olib tashlashni nazarda tutadi..
«Шрифт» — Shrift bo’limida «Имя шрифта» — Shriftning nomi  oynachasi bo’lib, undagi izoh ko’rsatkichi bosilganda bir qator shrift turlarining nomlari ro’yxati namoyon bo’ladi. Kerakli shrift nomi tanlanadi. «Начертание» — Tuzilishi oynachasidagi izoh ko’rsatkichi yordamida shriftni kursiv, yo’g’on ko’rinishlarga olib kelish mumkin. «Высота» — Balandligi oynachasiga sichqoncha ko’rsatkichi keltirilib bosiladi va klaviatura yordamida kerakli son kiritiladi. Natijada shriftga balandlik o’lchami beriladi. «Использовать большой шрифт» — Katta shriftni qo’llash oynachasi ayrim shrift turlarida faol emas.
«Эффекты» — Effektlar bo’limida «Перевернутый» — To’ntarilgan belgilagichi belgilansa harflar to’ntariladi. «Справа на лево» — O’ngdan chapga belgilagichi belgilansa matn so’zlari teskari tomonga yo’naladi. «Вертикальный» — Vertikal belgilagichi ayrim shrift turlarida faol emas. «Степень растяжения» — Kenglik darajasi oynachasida kerakli son kiritilsa shriftning kengligi o’zgaradi. «Угол наклона» — Og’ish burchagi oynachasiga burchak kattaligi berilsa harflar shu burchak kattakigida og’adi.
«Образец» — Namuna bo’limining pastki chap oynachasiga biron bir matn kiritilib, «Показать» — Ko’rsat tugmasi bosilsa, yuqori namuna oynasida matn tanlangan parametrlarga asoslanib namoyish etiladi.
  1. «Масштаб» – Masshtab.
 
Ushbu faol tugma tanlanganda sichqoncha kursori ob’ekt tanlash rejimiga otadi va matnli ob’ekt tanlanishi lozim. Ob’ekt tanlangach klaviaturadan “Enter” tugmasi bosiladi, va ekranda qaysi nuqtadan kattalashtirish lozimligi haqida axborot menu oynasi ochiladi. Undan kerakli band tanlanadi va klaviaturadan harf balandligi parametri son bilan kiritiladi, “Enter” tugmasi orqali tasdiqlanadi.
Izoh: Mashg’ulotlar davomida axborot menu oynasidagi barcha bandlarni o’rganib chiqish kerak.
 
  1. «Выравнивание» — Tekislash.
 
Ushbu faol tugma tanlanganda sichqoncha kursori ob’ekt tanlash rejimiga otadi. Matnli ob’ekt tanlanadi va “Enter” tugmasi bosiladi. Axborot menu oynasi ekranga chiqariladi va undan kerakli band tanlanadi. Natijada matn chap yoki o’ng, yuqori yoki pastki chegarga tekislab olinadi.
  1. «Преобразовать в единицы другого пространства» — Boshqa muxit o’lchov birligiga o’tkazish.
 
Ushbu buyruq tugmasi «Модель» — Model oynasida faol emas. Boshqa ko’rinish oynalarida, aytaylik «Лист» — Varaq oynasida faollashadi. Bunda kerakli parametr klaviatura orqali kiritiladi.

Оставьте комментарий