Benzin yoki dizel orqali harakatlanadigan mashinalarda yoqilg’i nasos yordamida mashinaning bakidan ma’lum bir bosim ostida to’g’ridan to’g’ri injektorlarga yetkaziladi. Elektron boshqaruv blokiga elektr kabellari orqali ulangan injektor bu yoqilg’ini yonish kamerisiga aniq bir vaqt rejimida purkab turadi. Nega aniq bir vaqt rejimi chunki yonish samaradorligini optimallashtirish bu yerda juda muhim. Yoqilg’i bemaqsad ravishda doimiy bosimda purkab turilishi albatta benzin yoki dizelning o’ta ko’p sarflanishiga olib keladi. Shuning uchun sistema miyasi(ECU) bu jarayonni turli xil sensorlar orqali to’plangan ma’lumotlar oqimini boshqarib injektorga qaysi paytta qancha yoqilg’i purkashini aytib turadi deyish mumkin. Deylik siz 5-tezlikda ketyapsiz va bu paytta sizga nibatan katta tezlik kerak va shunga yarasha gaz pedalini bosasiz, pedalning qanchalik bosilganiga qarab injektor ham yoqilg’ini shuncha ko’p purkaydi. Injektor uchida yopilib ochiladigan klapan bor. Qanchonki unga elektr toki berilsa u ochiladi va yoqilg’i yonuv kamerisiga o’tadi. ECU har bir injektorga bir qator elektr impulslar yuboradi, bu esa injektor klapanining qachon va qancha vaqt ochilishi kerakligini aniqlaydi.
P.S 1960-yillar oxirida elektronik injektorlar kashf qilinishidan oldin karburyator deb ataladigan sistemadan foydalanishgan. Buni nimaligini hali ko’rib chiqamiz