AYOLLAR DAFDARI O‘ZI NIMA

DO`STLARGA ULASHING:

AYOLLAR DAFDARI O‘ZI NIMA

📃 «Ayollar daftari»ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan,

🟢 «Ayollar daftari» — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan ishsiz xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi xisoblanadi.

✏️ Ya’ni, ushbu daftarga kiritilgan hotin-qizlarning muammmolari yuqorida ko‘rsatilgan sohalar bo‘yicha, mas’ul davlat organ va tashkilotlari tomonidan nazoratga olinadi, o‘rganiladi va bartaraf etish choralari ko‘riladi. E’tibor berayotgan bo‘lsangiz keyingi paytlarda davlat tomonidan aholiga qandaydir imtiyoz berilayotgan bo‘lsa, birinchi navbatda manashunday daftarlarda ro‘yxatda turganlarga berilyapti. Daftarlarni birortasida xam bo‘lmasangiz Fotimaxonni chaqiringlar un bilan yog‘ini olib kirib ketsin demayapti xechkim. Bundan keyin xam katta ehtimol bilan shunday bo‘ladi. Shuning uchun biror-bir imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz birinchi navbatda daftarlarning birortasiga yozilishni harakatini qilish kerak…

Оставьте комментарий