ODDIY TILXAT XAM QONUNIY XUJJAT O‘RNIDA O‘TADIMI ?

DO`STLARGA ULASHING:

ODDIY TILXAT XAM QONUNIY XUJJAT O‘RNIDA O‘TADIMI ?
⚡️SAVOL;
Mendan bir kishi katta miqdorda pul olib bermay yuripti. U mendan pulni olayotganida 5 oydan keyin pulni qaytaraman deb tilxat yozib bergan, lekin bir yildan beri bermay kelmoqda. Savolim shuki, men undan o‘sha yozib bergan tilxatini asos qilib pullarimni qaytarib olsam bo‘ladimi ?
⚡️JAVOB;
Fuqarolik kodeksining ikkinchi qismi 733-moddasiga asosan, fuqarolar biri ikkinchisiga BHM ning o‘n baravari ya’ni, 3 million so‘mdan ortiq miqdorda qarz bergan bo‘lsa, bunday holatda yozma shaklda qarz shartnomasi tuzilishi talab etiladi. Ya’ni, Siz kimgadir 3 million so‘mdan ortiq qarz bersangiz u bilan yozma ravishda qarz shartnomasi tuzishingiz kerak bo‘ladi.
❗️Biroq, yuqoridagi moddada yana bitta norma bor 👇
Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud bo‘lsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi deyilgan.
✏️ Bu nima degani ? Bu norma Sizdagi holatga to‘g‘ri keladi. Ya’ni, Siz qarz bergan odamingiz bilan rasmiyatchilikni joyiga qo‘yib, haqiqiy yozma shartnoma tuzib o‘tirmagansiz. Siz unga ishongansiz va undan bittagina tilxat olgansiz bo‘ldi to‘g‘rimi ? Demak, yuqoridagi qo‘lcha ko‘rsatib turgan normaga asosan Siz undan tilxat olish orqali u bilan yozma shartnoma tuzgan xisoblanaverasiz va o‘sha tilxatni sudga taqdim etish orqali unga bergan pulingizni qaytarib olsangiz bo‘ladi.
✏️ Agar orangizda kimgadir qarz berib, u bilan shartnoma tuzmagan, tilxat xam olmagan, qarz berganligini tasdiqlaydigan boshqa asoslar xam bo‘lmagan va qarz olgan odamni o‘zi xam olgan qarzini tan olmayotganlar bo‘lsa yugurishni mashq qilib turaveringlar. Sababi bunday holatda qarz olgan odamni orqasidan xali uzoq yugurishingizga to‘g‘ri keladi 🏃‍♂

Оставьте комментарий