Ayrim pedagoglarga attestatsiyasiz malaka toifasi beriladi

DO`STLARGA ULASHING:

Ayrim pedagoglarga attestatsiyasiz malaka toifasi beriladi

Ta’lim tashkilotlarining quyidagi pedagoglariga malaka toifasi attestatsiyadan o‘tkazilmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri beriladi (https://lex.uz/docs/5641270):

➖ tumandagi sport musobaqalarida 1-o‘rinni olgan o‘quvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari – 2-malaka toifasi (katta o‘qituvchi);

➖ viloyatdagi sport musobaqalarida 1-o‘rinni olgan o‘quvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari – 1-malaka toifasi (yetakchi o‘qituvchi);

➖ xalqaro va respublika sport musobaqalarida 1-,2-,3-o‘rinni olgan o‘quvchilarni tayyorlagan jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga – oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi lavozimi);

➖ xalqaro matematika, fizika, kimyo, biologiya informatika olimpiadalarida oltin, kumush yoki bronza medal sovrindorlarini tayyorlagan o‘qituvchilarga – oliy malaka toifasi (bosh o‘qituvchi).

Оставьте комментарий