Banklar va kreditlar haqida 10 ta ajoyib va qiziqarli maʼlumotlar

DO`STLARGA ULASHING:

Ilk pullar eramizdan avvalgi bir necha asrlar avval paydo boʼlgan. Oʼsha paytlardayoq dastlabki kreditorlar, muayyan foizga qarz berib turuvchilar bor boʼlgan. Keyinroq aynan ular birinchi banklarni tashkil etgan. Bu banklar nafaqat kredit ajratgan, balki toʼplanuvchi depozitlarni yaratish boʼyicha xizmatlarni taklif etgan. Tushunib yetganingizdek, oʼtgan davr mobaynida kreditlar haqida koʼplab qiziqarli maʼlumotlar yigʼilib qolgan. Quyida shularning ayrimlariga toʼxtalamiz:
1. Kreditlashning tarixi uzoq davrga borib taqalsa-da, birinchi banklar faqatgina XVI asrda tashkil etila boshlangan. Shunday qilib, tarixda ilk bank 1508 yilda Venetsiyada rasman ochilgan. Soʼng­ra 1608 yilda Gollandiyada, 1694 yilga borib esa Buyuk Britaniyada birinchi bank tashkiloti oʼz ishini boshlagan.
2. Ilk kreditlar ajratilganini tasdiqlovchi maʼlumotlar arxeologlar tomonidan qadimgi Misr va Bobilda topilgan. Oʼtkazilgan tadqiqotlar natijasiga koʼra, eramizdan avvalgi VIII asrdayoq kredit beruvchilar boʼlgan va hatto hudu nomi bilan atalgan hozirgi qimmatli qogʼozlarning muqobil shakli topilgan.
3. Biroq kreditlar haqida muhim maʼlumotlar endi boshlanadi. Nima deb oʼylaysiz, zamonaviy banklar qarzdorlarga nisbatan oʼta keskin munosabatdami? Unda Bobil hukumatining adolatli va dono shohi hisoblangan Xammurapining qonunlarini eshitsangiz, nima deysiz? Uning qonuniga koʼra, qarzini qaytarmagan qarzdorlar toʼlov tariqasida farzandini qullikka berishga majbur boʼladi.
4. Shuningdek, Shveytsariya tarixida ham banklar haqidagi qiziqarli maʼlumotlarni topish mumkin. Bu mamlakatda umumiy hisobda 450 dan ortiq tijorat banklari faoliyat yuritadi va ularning mablagʼlari 52 trillion АQSh dollarini tashkil etadi. Birinchi shveytsar banki XIX asr yakunida ochilgan. Qisqa vaqt davomida yuqori koʼrsatkichga erishish doimo ham uchramaydigan holat.
5. Yuqoridagi mamlakatdagi kreditlar haqida yana bir maʼlumot muhim ahamiyatga ega. Shveytsariya banklaridan birini bir necha yil avval tekshirishganida birdaniga Vladimir Ilьich Leninning nomidagi ishlab turgan hisobraqam va unda 13,5 frank mavjudligi aniqlandi.
6. Banklarga oid maʼlumotlar haqida gap ketganda Аleksandr III nomli Rim Papasining 1179 yildagi qarorini eslamaslikning iloji yoʼq. Hujjatga koʼra, oʼsha yildan boshlab barcha bankirlar cherkovdan alohida faoliyat yurita boshlashi kerak edi. Diniy ulamoning amriga koʼra, birorta bankir eʼtiqod qilishi, xristian odatlari boʼyicha hatto koʼmilishi mumkin emas. Eng qizigʼi, oʼsha vaqtdan buyon hozirgacha ham bu qonunni hech kim bekor qilmagan.
7. “Ipoteka” soʼzining kelib chiqish maʼnosi haqida bilasizmi? Аniqlanishicha, bu nom qadimgi Yunoniston kreditorlari tomonidan oʼylab topilgan. Ular oʼz qarzdorlariga ajratilgan yerga hypotheke (ipoteka) yozuvli belgi oʼrnatishgan. Ushbu belgi kredit majburiyatiga amal qilinmagan taqdirda yer kreditor hisobiga qaytarilishini anglatadi.
8. Banklar toʼgʼrisidagi qiziqarli maʼlumotlar haqida gap ketganda yana bir masalaga alohida eʼtibor qaratish lozim. Dunyoning barcha bank tashkilotlarida yozilmagan istalmagan mijozlar roʼyxati tuziladi. Odatda bu roʼyxatdan quyidagi kasb egalari egallagan: harbiylar, sudьyalar, xususiy tadbirkorlar, jurnalistlar va huquqshunoslar.
9. Kreditlarga oid qiziqarli maʼlumotlarni kuchli Rim imperiyasidan ham topsa boʼladi. Gap shundaki, qadimiy Rimda hatto qisqa fursatli kechikish kuzatilsa-da qarzdorni haqiqiy qarzli chuqurga oʼtkazib qoʼyishlari mumkin boʼlgan. Аgarda bir oy davomida qarzdorga kreditni qoplashga hech kim yordam bermagan taqdirda uni qonunchilikka binoan qullikka olib ketishlariga ijozat berilgan.
10. Buyuk Britaniya TIV bir necha bor rasman bayonot bergan boʼlib, unga koʼra Shveytsariya banklarida millatchilarga tegishli umumiy hajmi kamida 4 milliard АQSh dollarilik boyliklari saqlanib kelinishi qayd etilgan. Biroq bu mablagʼlar oʼsha vaqtdan beri hanuzgacha oʼsha joyda turibdi.

12 комментариев к “Banklar va kreditlar haqida 10 ta ajoyib va qiziqarli maʼlumotlar”

  1. Уведомление: สล็อตวอเลท ไม่มีขั้นต่ำ

  2. Уведомление: nova88

  3. Уведомление: Cam Sexe Sans Compte

  4. Уведомление: สล็อตเว็บตรง

  5. Уведомление: sbo

  6. Уведомление: Sale Page

  7. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดิน

  8. Уведомление: 토토밀라노

  9. Уведомление: earn passive income

  10. Уведомление: weed delivery toronto

  11. Уведомление: why not check here

  12. Уведомление: penis prosthetic big penis big prosthetic big dildo erect penis prosthetic

Комментарии закрыты.