Suyakni mustahkamlaydigan 7 mahsulot

DO`STLARGA ULASHING:

Qishda va bahorning sovuq kunlarida koʼp vaqtimizni dim, havosi boʼgʼiq xonalarda oʼtkazamiz. Shuning uchun boʼsh vaqtimizni ochiq havoda va harakatda (yaxmalak, togʼ changʼi trassalari, togʼ yon bagʼrida) oʼtkazishni hohlarmiz. Biroq bunday faol dam olish koʼp xursanchilik olib kelishi bilan birga suyak sinishi va jarohatlar xavfini oshiradi. Yosh kattalashgan sari bu xavf yanada ortadi. Shunday ekan, bu borada organizmga quvvat bagʼishlashni boshlashingiz kerak. Suyak toʼqimalarini mustahkamlash uchun taomnomaga kaltsiy va D vitaminiga boy mahsulotlarni koʼproq qoʼshish zarur. Xoʼsh suyaklar uchun qaysi mahsulotlar foydali?
Аrpa yormasi (perlovka). Kunni foydali nonushtadan boshlang. Аrpa yormasidan tayyorlangan boʼtqada D vitamin bisyor. Boʼtqani suvda pishirib, iliq boʼtqaga ozgina sariyogʼ soling. Shunda uni kaltsiyga yanada boyitasiz.
Tvorog. Har kuni kaltsiyga ega boʼlishning oson yoʼli. Tadqiqotlardan maʼlum boʼlishicha, yogʼi kam 150 gr tvorog tarkibida bu mineralning kundalik tavsiya etilgan meʼyori bor. Bundan tashqari, u ichaklar mikroflorasi faoliyatini yaxshilaydi.
Sut. Olimlarning fikricha, kaltsiyning kundalik meyorini bu ichimlikning 750 millilitri taʼminlaydi. Har kuni 3 stakan sut icholmasangiz, uni kokteyl, sous va boʼtqalarga qoʼshishingiz mumkin.
Pishloq. Pishloqdagi kaltsiy miqdori uning turiga bogʼliq. Bu koʼrsatkich boʼyicha yuqori sifatli pishloqlar va echki sutidan tayyorlangan pishloq yetakchi oʼrinda turadi. Аmmo bu mahsulotning kaloriyasi yuqoriligini, kuniga 30 gr.dan koʼp yemaslik kerakligini unutmang. Bunda kundalik tavsiya etilgan kaltsiy miqdorining 30% iga ega boʼlish kifoya.
Tunets. Yogʼli baliqlar D vitaminiga boy boʼladi. Masalan 100 gr konservalangan tunetsda bu vitamin kundalik meʼyorining 39%i mavjud. Tushlikka oʼzingiz uchun suyaklarga foydali baliqli salat tayyorlang. Bargli koʼkat, tunets boʼlagi, qaynatilgan tuxum va sevimli sousingizni qoʼshing.
Ismaloq. Sutli mahsulotlarni isteʼmol qila olmaysizmi? Ehtimol zarur kaltsiyni istemol qilishingizda ismaloq yordam berar. Bir piyola ismaloq tarkibida kaltsiy kundalik meyorining deyarli 25%i mavjud. Bundan tashqari ismaloqda kletchatka, temir va А vitamini ham bor. Uni quymoqlar tarkibiga qoʼshing.
Tuxum. Buni qarangki zamonaviy tovuq tuxumlarida D vitamini avvalgiga nisbatan 70% koʼproq. 1 juft tuxum isteʼmol qilib, bu vitaminning tavsiya qilingan kundalik meʼyorining 60%iga ega boʼlish mumkin. Shuni taʼkidlash kerakki, D vitamini tuxum sarigʼida boʼladi, shuning uchun oqidan tayyorlangan quymoqlar suyak toʼqimalari uchun uncha foydali emas.

10 комментариев к “Suyakni mustahkamlaydigan 7 mahsulot”

  1. Уведомление: 트루모아

  2. Уведомление: CHARTE VIE PRIVEE - Crédit populaire EuropéenCHARTE VIE PRIVEE - Crédit populaire Européen

  3. Уведомление: maxbet

  4. Уведомление: limanbet giriş

  5. Уведомление: earn passive income

  6. Уведомление: follower instagram

  7. Уведомление: sbo

  8. Уведомление: เอสบีโอเบท

  9. Уведомление: Alexa Nikolas false

  10. Уведомление: click to find out more

Комментарии закрыты.