Barot Isroil (1938)

DO`STLARGA ULASHING:

Barot Isroil 1938 yilda Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq (hozirgi Ohangaron) tumaniga qarashli Toshsoy qishlogʻida, dehqon oilasida dunyoga keldi. 1953 yilda Toshkent poligrafiya texnikumida matbaachi ixtisosini egallab, 1956 yildan Toshkent shahridagi 1-sonli bosmaxonada ish faoliyatini boshlaydi. Ayni shu yillari “Imtihon” sheʼrini yozib, oʻzi yashagan tumanning “Mashʼal” gazetasida eʼlon qildiradi.
Isroil Toshkent davlat pedagogika institutida (1960–1966) tahsil olgach, hozirgi “Tong yulduzi” gazetasida (1966–1970), soʻngra Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida xizmat qiladi.
Shoirning ilk “Boychechak” kitobi Oʻzbekiston xalq shoiri Mirtemirning soʻzboshisi va muharrirligida nashr etiladi (1972). Shundan soʻng “Nay navosi” (1976), “Oq bulut” (1979), “Oq oltin” (1980), “Bahor” (1982), “Subhidam” (1985), “Shirin kulcha” (1989), “Nastarin” (1992), “Toʻytepaga toʻyga keling” (1997), “Alisherning shirin tili” (1998) singari majmualari hamda Najmiddin Kubro toʻgʻrisidagi “Turonlik avliyo” asari dunyoga keldi.
Bolalar uchun yozilgan “Er va sheʼr” dostoni asosida “Hayvonlar sultoni” nomli opera, “Alisherning shirin tili” dostoni asosida radioinssenirovka yaratildi. Besh jildlik tanlangan asarlari chop etildi
Barot Isroil X. Xatak, N. Nekrasov, T. Moʻlda, S. Muqonov, R. Hamzatov, J. Oymirzayev singari qardosh xalqlar shoirlari ijodidan tarjimalar qildi.
Barot Isroil “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

12 комментариев к “Barot Isroil (1938)”

  1. Уведомление: sbobet

  2. Уведомление: best way to make passive income

  3. Уведомление: เพื่อนแท้เงินด่วน มีนบุรี

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: buy mushroom chocolate bars

  6. Уведомление: Buy B+ magic mushrooms for sale online Canada

  7. Уведомление: remove mold

  8. Уведомление: Cambodian Magic Mushrooms for sale uk

  9. Уведомление: Pineapple Pound Cake 3.5g Flower

  10. Уведомление: cannabis shop scarborough

  11. Уведомление: test Automation Tools

  12. Уведомление: http://seattlewomenmag.xyz/blogs/viewstory/96784

Комментарии закрыты.